60
R = 776-74·4-0 = 776-296 = 480. Aytib o'tilgan voqea eramizdan avvalgi 480-yilda sodir
bo'lgan. 394-yilda imperator Feodosiy tomonidan olimpiada o'yinlari taqiqlab qo'yilgan. Biroq
olimpiada bo'yicha yil hisoblari yana bir qancha vaqt davomida qo'llanilgan.
Konsullar bo'yicha yil hisobi. Biz Rimda yil nomlari konsul nomlari bo'yicha
nomlanganligini aytib o'tgan edik. Tarixchilar eramizdan avvalgi 509-yilda respublikaga asos
solgan konsullar Brut va Kollotinlar bilan boshlanadigan 1050 yilni o'z ichiga olgan konsullar
ro'yxatini tuzgan. 337-yildan imperator Konstantin vafotidan so'ng Rim imperiyasi ikki
poytaxtga ega bo'lgan va bir konsul Rimda, ikkinchisi Konstantinopolda ish olib borgan. 537-
yilda imperator Yustinian yil hisobini imperatorlar hukmronlik qilgan yil bo'yicha olib borgan.
Oxirgi konsul Flaviy Vasiliy Menshiy eramizning 541-yilida saylangan. Shuning uchun Rimda
ayrim vaqtlarda yil hisobi Vasiliy konsulligidan so'nggi birinchi, ikkinchi yillar (past consulatum
Basili) tarzida olib borilgan. Imperator Yustinianning vorislari o'zlarini 1-yanvarda konsul deb
e'lon qilish odatini tiklaganlar va bu kun xalqga pul in'om qilganlar. Shuning uchun past
consulatum yil hisobi IX asrgacha
davom etgan. Imperator Lev Filosof (886-912) yil hisobini konsullar bo'yicha qabul qilishni
taqiqlash haqida farmon e'lon qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |