Batafsil bayon etilgan
Nisanu 30. 7. Tashritu 30
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Abu 30. 11. Shabatu 30. 6. Ululu 29. 12. Addaru 29.
1. Nisanu 30. 7. Tashritu 30.
2. Ayru 29. 8. Araxsamna 29. 3. Sivanu 30. 9. Kislivu 30. 4. Duuzu 29. 10. Tebetu 29. 5. Abu 30. 11. Shabatu 30. 6. Ululu 29. 12. Addaru 29. Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog'liq edi. «Nisanu» - harakat qilmoq, qadam tashlamoq, «Ayru» - yorqin, yorug', «Abu» - adovat, «Tashritu» - boshlanish, «Tebetu» - loyqa, «Shabatu» - vayronagarchilik (yomg'ir natijasida), «Addaru» - bulutli degan ma'nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi «baxtli» va «baxtsiz» kun tushunchasiga katta e'tibor berishgan. Ularda dastlab besh, so'ngra yetti kunlik haftalar bo'lgan. Besh kunlik hafta «xamushtu» deb atalgan. Bobilliklar yarim kechasini kunning boshlanishi hisoblaganlar. Shuning uchun Quyosh botgandan so'ng yangi Oy ko'rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Musulmon va yahudiylarning ham kalendarlarida shu tamoilga amal qilingan. Bobilda Xammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan oy-quyosh kalendariga o'tildi. Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo'shimcha oylarni joriy qildi 30 . Ular ikkinchi ululu oyini qo'shadi. Bobilda bu usul eramizdan avvalgi VI asrgacha qo'llanilgan. Bobilda eramizdan avvalgi VI asrga kelib Kleostat siklidan «oktaeterida»dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Eramizdan avvalgi IV asrga kelib Kleostat siklining o'rnini Meton sikli egallaydi. Unda har 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19- yillar) embolistik oy joriy qilinadi. Bobilda Oy-quyosh yili 22-mart-20-aprel oralig'ida boshlangan. Mazkur Bobil kalendari keng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi XII asrda Ossuriya, keyinroq, Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiyaliklar qabul qilganlar. Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan. Oy jismlari harakatini kuzatish maqsadida minoralar (zikkuratlar) bunyod etildi. Eramizdan avvalgi 700-yillarda Bobilda astronomiya fanidan «Mulapin» deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar eradan foydalanalmagan. Voqealar podsholarning hukmronligi davriga qarab hisoblangani bois noqulayliklar tug'dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (er.avv. 747-743 yillarda hukmronlik qilgan) aytishimiz mumkin. Nabonassar ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu Yulian kalendari bo'yicha er.avv. 747-уil 26-fevralga to'g'ri keladi). Nabonassar erasi bir qator davlatlarda qo'llanilib kelingan 30 Xammurapi farmonlaridan birida «Kalendar yilimiz orqada qolib ketmoqda. Shuning uchun keyingi oy ham eluli (ikkinchi ululi) oyi hisoblansin. Tishritu oyi bir oy keyinga surilsin», - deb buyruq beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling