oʼsimliklardan maxsus ishlov berish natijasida ajratib olingan va tarkibidagi
keraksiz (ballast) moddalardan batamom tozalanmagan preparatlar.
Novogalen preparatlar - dorivor xom-ashyodan kimyo-farmatsevtika sanoatida
imkoni boricha tarkibidagi ballast moddalardan tozalash yoʼli bilan olingan
ajratmalar boʼlib, ularda oʼsimlikdagi taʼsir qiluvchi moddalarning jami boʼladi.
Retseptning umumiy tuzilishi va ahamiyati
Retsept – vrachning dorixonaga dori tayyorlash toʼgʼrisidagi yozma murojaati
boʼlib, bunda bemor doridan qanday qilib foydalanishi kerakligi haqida maʼlumot
ham beriladi. Retsept tibbiy va yuridik jihatdan muhim xujjat boʼlib,
dorixonalardan koʼpchilik dorilarni olish uchun yagona asos boʼlib xizmat
qiladi.Tabletka – dozalarga boʼlingan qattiq dori shakli boʼlib, fabrika-zavodlarda
tayyorlanadi va ichish uchun buyuriladi. Ularni maxsus avtomatlarda presslash
yoʼli bilan tayyorlanadi. Tabletkalar asosan ichish uchun tavsiya qilinadi. Аyrim
tabletkalar sirtga qoʼllash uchun ishlatiladi (bunda ular bevosita ishlatishdan
oldin eritiladi). Ular ishlatish uchun juda ham qulaydir: uzoq muddat davomida
saqlanadi, preparatlarning yoqimsiz taʼmi yoʼqotiladi, istalgan joyda olib yurish
mumkin. Tabletkalar tarkibiga dori vositasidan tashqari yordamchi moddalar –
shakar, kraxmal, choy sodasi, natriy xlorid, talьk, kakao, jelatin eritmasi, suv,
spirt va boshqalar kiradi.
Retsept asosan ikkita usulda yoziladi.
Birinchisi juda keng tarqalgan usul boʼ lib, bunda dori vositasining nomi
(qaratqich kelishigi birlik sonda – v yedinstvennom chisle roditel nogo
podeja) yozilib, keyin uning 1 tabletkadagi dozasi koʼ rsatiladi, soʼ ngra
Do'stlaringiz bilan baham: |