Baxodiov otabek
D.t.d.N. … in tabulettis (Shunday dozalardan ... tasini tabletkalarda ber) va
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
retseptura va uning tuzulishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol: td=0,03 g bo ʼlgan dimedrolning 10 ta tabletkasiga retsept yozil- sin va 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin.
- Rp.: Tabulettam Dimedroli 0,03 D.t.d.N. 10 S. 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ichilsin.
- D.t.d.N. 6 in tabulettis S. 1 ta tabletkadan bosh og ʼrig ʼida ichilsin.
D.t.d.N. … in tabulettis (Shunday dozalardan ... tasini tabletkalarda ber) va
keyin esa S. (Signa – Belgila) yoziladi. Ikkinchisi – nisbatan yangi usul boʼlib, unda retsept Tabulettam (Tabletkasidan) soʼzidan (chiqish kelishigi birlik sonda – v yedinstvennom chisle vinitel nogo podeja) boshlanadi va keyin dorining nomi (qaratqich kelishigi birlik sonda – v yedinstvennom chisle roditel nogo podeja) yozilib, keyin uning 1 tabletkadagi dozasi koʼrsatiladi, soʼngra D.t.d.N. (Shunday dozalardan ... tasini ber) va keyin esa S. (Signa – Belgila) yoziladi. Misol: td=0,03 g boʼlgan dimedrolning 10 ta tabletkasiga retsept yozil- sin va 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin. 1. Keng tarqalgan usul: Rp.: Dimedroli 0,03 D.t.d.N. 10 in tabulettis S. 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ichilsin. 2. Nisbatan yangi usul: Rp.: Tabulettam Dimedroli 0,03 D.t.d.N. 10 S. 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ichilsin. Tarkibida ikki yoki undan ortiq dori moddalar boʼlgan tabletkalarga ham yuqoridagi usullarda retsept yoziladi. Misol: Tarkibi td=0,25 g boʼlgan amidopirin, td=0,03 g boʼlgan kofein va td=0,02 g fenobarbitaldan iborat 6 ta tabletkaga retsept yozilsin va 1 ta tabletkadan bosh ogʼrigʼida ichish uchun tavsiya qilinsin. Keng tarqalgan usul: Rp.: Amidopyrini 0,25 Coffeini 0,03 Fhenobarbitali 0,02 D.t.d.N. 6 in tabulettis S. 1 ta tabletkadan bosh ogʼrigʼida ichilsin. Bunday murakkab tarkibli maxsus nomli tabletkalarga retsept Tabulettas (Tabletkalaridan) soʼzidan (chiqish kelishigi koʼplik sonda – vo mnojestvennom chisle vinitelьnogo podeja) boshlanadi va keyin dorining nomi qoʼshtirnoq ichida (bosh kelishik birlik sonda – v yedinstvennom chisle imenitelьnogo podeja) yoziladi, soʼngra uning miqdori koʼrsatiladi. Misol: 10 ta «Xolenzim» tabletkasiga retsept yozilsin va 1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin. Kukun (poroshok, sochma, kukun) – sirtga qoʼllash yoki ichish uchun buyuriladigan, sochiluvchanlik xossasiga ega boʼlgan qattiq dori shakli. Oddiy (bitta taʼsir koʼrsatuvchi moddadan iborat) va murakkab sochmalar (ikki yoki undan ortiq taʼsir koʼrsatuvchi moddadan iborat), shuningdek, dozalarga taqsimlangan va taqsimlanmagan sochmalar tafovut qilinadi. Maydalanish darajasiga qarab ular quyidagilarga ajratiladi: Yirik – grossus Mayda – subtilis Juda mayda –subtilissimus Sirtga ishlatiladigan sochmalarning miqdori 5 grammdan 100 gramm gacha boʼladi va dozalarga taqsimlanmagan shaklda yoziladi. Misol: Streptotsidning juda mayda sochmasidan 20 grammiga retsept yozilsin va jarohat yuzasiga sepish uchun buyurilsin. Rp.: Streptocidi subtilissimi 20,0 D.S. Jarohatga sepish uchun Terapevtik dozasining ahamiyati juda katta boʼlmagan sochmalar ichish uchun dozalarga taqsimlanmagan shaklda yoziladi. Misol: 30,0 magniy oksidiga retsept yozilsin. ¼ choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish uchun tavsiya qilinsin. Rp.: Magnesii oxydi 30,0 D.S. Ovqatdan 2 soat keyin ¼ choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin Terapevtik dozasining ahamiyati katta boʼlgan sochmalar ichish uchun dozalarga taqsimlangan shaklda yoziladi. Bunday oddiy sochmalarni yozishda retseptda dori moddasining nomi yozilib, uning bir martalik dozasi belgilab qoʼyiladi. Soʼngra D.t.d.N. yozilib, sochmaning soni belgilanadi, soʼngra S. yoziladi. Misol: td = 0,3 g boʼlgan barbital natriyning 10 ta sochmasiga retsept yozilsin. 1 ta sochmadan uxlashdan 30 daqiqa oldin ichish Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling