bilan olinadi. Drajelar zavodlarda tayyorlanadi.
Qoʼshimcha modda sifatida shakar, kraxmal, bugʼdoy uni, kakao,
shokolad, isʼtemol qilinadigan piyozlar, boʼyoqlar va boshqalar
ishlatiladi. Drajening ogʼirligi 1 grammdan oshmasligi kerak.
Drajelarga retsept yozishning faqat 1 ta usuli, yaʼni qisqartirilgan
usuli mavjud.
Granula – Granulum (qaratqich kelishik birlik sonda –
granuli, qisqartirilgani – gran.) – qattiq dori moddaning bir
xildagi dumaloq, silindrsimon yoki oval shaklidagi mayda
zarrachalari (boʼlakchalar yoki donachalar) koʼrinishida
boʼlib, ichish uchun tavsiya qilinadi. Yoqimsiz hidli va taʼmli,
mahalliy taʼsirlantiruvchi xossaga ega va shu bilan birga,
zaharliligi kam boʼlgan dori vositalari granulalarda ishlab
chiqariladi. Ular farmatsevtik zavod va fabrikalarda
tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |