Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Antropogen omillar, muhitning
antropogen omillari — odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va flora-ni o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon tur-larining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yer-ning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenoz-lar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojla- nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu- ammoga aylantirdi. Ionosfera (ionlar ... va yun. sphaira — shar) — atmosferaning ionlar va erkin elektronlar konsentratsiyasi ko’p bo’lgan yuqori qatlami. Yerdan 50– 80 km balandlikdan boshlanadi. Kun-duzi I. asosi 50–60 km balandlikda, kechasi 80–85 km balandlikda yotadi. I.ning yuqori chegarasi — Yer magni-tosferasining tashki qismi. I.da, asosan, kuyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlari, kosmik nurlanishlar ta’sirida ionlar hosil bo’ladi. Yer atro- fidagi kosmik fazodan atmosferaga kirayotgan zarralar oqimi Yerning magnit maydoni ta’sirida qisman o’z yo’nalishini vintsimon o’zgartirib, atmosferaning atom va molekulalarini ionlashtiradi. I.da elektronlar va ionlar soni teng bo’ladi. Kosmik raketa yordamida olingan ma’lumotlarga ko’ra, I. chegarasi yer sathidan taxminan 18— 25 ming km balandlikkacha davom etishi aniqlandi (yana q. Atmosfera ). Fakat I. tufayli radioto’lqinlarni uzok, masofalarga uzatish mumkin. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling