Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Noosferani filosof olim P.Teyyar de Sharden yer sharining fikrlovchi qatlami deb


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
Noosferani filosof olim P.Teyyar de Sharden yer sharining fikrlovchi qatlami deb 
tushunishni taklif etadi. Uning fikricha, evolyutsiyaning shakllanishi noosferaning hosil 
bo’lish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, olimning ta’rifiga ko’ra, eng o’tkir izlanuvchi, hozirgi 
zamon fani, eng qimmatbaho, eng faol, eng harakatchan, kosmos bilan aloqada bo’lgan 
dunyodan chiqib kelgan, u hozir noosfera nomli daraxt poyasiga joylashgan. Olim insonning 
paydo bo’lishini evolyutsiya bilan bog’lab, inson tabiatning mutloq yangi va original hosilasi, u 
borliqning yangi tartibidir deydi. Inson paydo bo’lishi bilan hayvonot olami biosferasi yuqori 
darajaga ko’tarildi, keyin inson sferasi, ongli va erkin ijod qilish yoki aniqrog’i, aql – idrok 
sferasi yoxud noosfera boshlanadi. Biosferada olti yuz yil mobaynidagi markazlashgan 
jarayonlarning to’planishi kuzatilib, bundagi asosiy maqsad umumiy yerda aql- idrokning 
yoppasiga rivojlanishi yoki tabiatning asosiy rivojlanish maqsadiga to’g’ri keladi. 
Noosferaning paydo bo’lishi va oyoqqa turishi uchun bir qator zarur shart- sharoitlar 
kerak bo’lib, ular quyidagilardir:
Odamlarning butun planeta bo’lab joylashishi;
Mamlakatlar o’rtasida aloqa bog’lash va o’zao aloqa almshinuvining keskin o’zgarishi; 
Barcha mamlakatlar o’rtasida siyosiy aloqalarning kuchayishi; 
Biosferada boradigan geologik jarayonlar ustidan inson ta’sirida bo’ladigan geologik 
jarayonlar ustuvorligi; 
Biosferaning chegarasi kengayib, kosmosga chiqish boshlanadi; 
Energiya beruvchi yangi manbalar ochiladi; 
Hamma irq va dinga mansub odamlar teng bo’ladi;
Ichki va tashqi siyosatni hal qilishda xalq ommasining roli kuchayadi
Erkin ilmiy fikrlash, diniy to’siqlarsiz ilmiy ishlar olib boorish, falsafiy va siyosiy 
tuzumlarga asoslangan davlat qurish uchun sharoit yetilib boradi;
Xalq ta’lim tizimining qayta ishlagan, qulay yo’nalishi, shuningdek, xalq turmush 
darajasini ko’taruvchi shart- sharoitlar vujudga keladi, aholinin qashshoqlikdan, ochlikan, 
kasalliklardan, saqlash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo’ladi.
Yerdagi birlamchi tabiatni o’sib borayotgan aholining moddiy, ma’naviy, estitik va 
ruhiy talablari uchun qulay holga keltirish;
Inson hayotidan “urush” so’zini o’chirib tashlash. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling