Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “tabiat iqtisodiyotini tushunish”
iqtisodiyotini tushunish, bir vaqtning o`zida barcha tirik mavjudotlarning organik va
anorganik atrof-muhit komponentlari bilan o`zaro ta`sirini, hayvonlar va o`simliklarning antogonistik (dushmanona) va noantoganistik (do`stona) munosabatlarini inobatga olgan holda o`rganadigan fandir”. Ekologiya barcha o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fandir. Bunday munosabatlarni Charlz Darvin “yashash uchun kurashni tuq`diradigan shartlar», deb aytgan edi. Ushbu ta`rifda “tabiat iqtisodiyotini tushunish” tushunchasi ishlatilgan va ekologiyaning iqtisodiyot bilan boq`liqligiga alohida urq`u berilgan. Ammo ekologiyada iqtisodiyot deganda, tor ma`noda jamiyat iqtisodiyotini emas, balki tabiat iqtisodiyoti tushuniladi. Tadiat iqtosodiyoti deganda, tabiatdagi tirik organizmlar va ularning atrof-muhit bilan o`zaro tabiiy munosabatlariga miqdor nuqtai nazardan yondashish tushuniladi. Bunda tirik organizmlarning o`zaro va atrof-muhit bilan ta`siri natijasida hosil bo`ladigan energiya, massa (biomassa, populyatsiya sonining ko`payishi, kamayishi, biomassaning o`zgarish tezligi) va informasion o`zgarishlar inobatga olinadi. Hayotning mavjudligi-tirik jismdan modda, energiya va informasiya oqimining o`tish jarayonidir. Buni ekologiyada hayotni saqlanish qonuni deyiladi. Tirik tabiatdagi informasiya oqimining miqdori inson sivilizasiyasidagi oqimga nisbatan 20 tartib ko`pdir. Bu fantastik darajadagi farq insonni atrof-muhitga ko`rsatadigan har qanday ta`siriga misli ko`rilmagan variantlarda javob berishini taqazo qiladi. Shuning uchun insonga bitta yo`l mavjud - hamma vaqt tabiat qonunlarini o`rganib borish va unga rioya qilish. Hozirgi paytda mana shunday o`zgarishlar qonuniyatini o`rganish, jamiyat iqtisodiyotini tabiat iqtisodiyoti qonunlari bilan uyq`unlashtirish jahon iqtisodoyotinining negizini tashkil etadi. Masalani mana shunday tarzda qo`yilishi va uning dolzarbligi sayyoramizda yuz berayotgan turli ekologik inqirozlarning yuzaga kelayotganligi bilan asoslanadi. Hozirgi paytda jahon iqtisodiyotining rivojlanishini yagona yo`li - tabiat iqtisodiyotining qonunlari asosida olib borishdan iborat. Boshqacha har qanday yo`l inson uchun halokatli hisoblanadi. Jamiyat iqtisodiyotini tabiat iqtisodiyoti bilan uyq`unlashtirish uchun, avvalombor, ekologik nuqtai nazardan tabiiy resurslarni baholash lozim, zero har qanday iqtisodiy yo`nalish va rivojlanish birinchi navbatda tabiiy resurslarga tayanadi. 37 Jamiyat iqtisodiyotining shakllanishidan to hozirgacha o`tgan davrida iqtisodiyot nazariyasi asosan ikki iqtisodiy omilga tayanib kelgan:mehnat va kapital. Bu holatni iqtisodiyot nazariyasining yadrosi bo`lmish “ishlab chiqarish funksiyasi” yaqqol ifodalaydi: ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori Y kapital K ga va mehnat resurslari L ga boq`liq, ya`ni Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling