Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
7-rasm. Forsunkali skrubber. 
Suyuqlikni purkab beruvchi qurilmalar (forsunkalar) 0,3-0,4 MPa bosim bilan ishlaydi. 
Agar changli havo oqimining tezligi 5 m/s dan yuqori bo’lsa, forsunkalarning yuqori qismida 
tomchilarning tozalangan havo bilan birga skrubberdan chiqib ketmasligi uchun tomchi 
ushlagich moslama o’rnatiladi. 
Changli havo oqimini yuvish yo’li bilan nihoyatda kichik (0,1 mkm dan kichik) chang 
zarrachalarini ushlab qolish mumkin. Natijada havoni 99% gacha tozalash mumkin. 
Skrubberning balanligi uning diametriga nisbatan 2,5 marotabagacha katta bo’lishi 
mumkin. Har 1 m
3
changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun 0,5 l dan 8 l gacha suv 
sarflanishi mumkin. Bir tonna suyuqlikni o’lchami 0,001 mm dan 3 mm gacha bo’lgan 
tomchilar shaklida purkab berish uchun 2-20 kVt elektr energiyasi sarf bo’ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, changli havoni yuvuvchi qurilmalar yordamida 
nafaqat changlardan tozalash mumkin, balki bir vaqtning o’zida ulardan quyidagi vazifalarni 
bajarishda foydalanish mumkni: 
1. Havo yoki gazlarni namlash orqali ularni sovutish 


70 
2. Chang zarrachalari bilan birga suv tomchilari va tumanlarni ushlab qolish. 
3. Changli havo tarkibidaga chang zarrachalarni suyuqlikka shimdirish (absorbsiyalash). 
Ammo changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas: 
1. Changli havoni yuvuvchi qurilmalarida chang zarrachalari yopishib qoladi. 
2. Changli havoni, ayiiqsa tajovuzkor (agressiv) gazlarni tozalash uchun, tozalash 
qurilmalarni korroziya (yemirilish)dan himoya qilish talab qilinadi. 
3. Suyuqlik (odatda suv)ning changli havoni yuvishdagi sarfi ancha kattadir. 
4. Changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarni past (0° S dan kichik) haroratlarda 
ishlatib bo’lmaydi, chunki suv muzlab qoladi. 
5. Yuqori tezlik bilan ishlaydigan tozalash qurilmalarida ko’shimcha tomchi 
ushlagichlar (tuman ushlagichlar)ni o’rnatish talab qilinadi. 
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish 
va quritish jarayonida zarrachalarining o’lchami 3-70 mkm atrofida bo’lgan changlar paydo 
bo’ladi. Yoqilg’ilarni yoqish paytida tutunlar, bug’larni kondensasiyalashda esa, tumanlar 
paydo bo’ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o’lchami 0,3-5,0 
mkm atrofida bo’lishi mumkin. 
Sanoat korxonalarida havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun 
quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1. 
Og’irlik kuchi ta’sirida changni cho’ktirish. 
2. 
Markazdan qochma kuchlar ta’sirida changni cho’ktirish. 
3. 
Elektr kuchlari ta’sirida (maydonida) changni cho’ktirish. 
4. 
Changli havoni filtrlash. 
5. 
Changli havo yoki gazlarni yuvish yo’li bilan tozalash. 
Havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun bir qator tozalash 
qurilmalari ishlatiladi: chang cho’ktirish kameralari, siklonlar, skrubberlar (shu jumladan
Venturi skrubberi), uyurmali chang ushlagichlar, rotasion qurilmalar, qattiq materiallardan 
tayyorlangan filtrlar, elektr filtrlari va hokazolar. 
Havo yoki gazlar 3 asosiy maqsadlarda tozalanadi: 
1. 
Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya’ni havo tarkibidagi changning 
miqdorini uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK)sidan oshib ketmasligini 
ta’minlash uchun. 
2. 
Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun. 
3. 
Texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etuvchi va asbob-uskunalar hamda qurilmalarning 
buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun. 
Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tolzalangan hisoblanadi, agar havo 
tarkibidagi changning miqdori uning RECHKsini 30%ni tashkil etsa. Aks holda havo toza 
hisoblanmaydi. Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (SO) ning havodagi RECHKsi 5 mg/m
3
ga tengdir. 
Yuqoridagi ta’rifga asosan proporsiya tuzamiz: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling