Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Nazorat savollari 
1. Ekologik muammolar va ularning turlari haqida ma’lumot bering. 
2. Qaysi holatlarda ekologik muammo paydo bo’lishi mumkin? 
3. “Ekologiya” va “ekologika” atamalarini izohlab bering? 
4. “Ekologiya” fanining asosiy tushunchalari, bo’limlari va ularning ma’nosi haqida ma’lumot 
bering. 
5. Ekologik tizim yoki ekotizim deb nimani tushunasiz? 
6. “Ekologiya” fanining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
7. Myhit va ekologik muhit haqida ma’lumot bering. 
8. Qaysi holatlarda ekologik muhit muvozanatdan chiqishi. mumkin? 
9. Ekologik omillar va ularning turlari haqida ma’lumot bering? 
10. Omillarni tasniflashda nima asos qilib olinadi? 
11. Abiotik, biotik va antropogen omillar haqida ma’lumot bering? 
12. Ta’sir etuvchi omillar deb nimani tushunasiz? 
13. Gidrofil, gigrofil va mezafil guruhlari haqida ma’lumot bering. 
14. Tuproqning tabiiy va kimyoviy xossalarini izohlab bering. 
15. Abiotik va biotik omillarni qanday boshqarish mumkin? 
16. Ekologik inqiroz qaysi holatlarda vujudga kelishi mumkin? 
O'zbekistonda aholining faqatgina 40%ga yaqini toza uchimlik suvini iste'mol qilish 
imkoniyatiga ega. Bular asosаn ba'zi yirik shaharlardagi va baland tog' qishloqlaridagi 
aholidir. Toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan Qaraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, 
Buxoro va Navoiy vilioyatlari aholisi eng ko'p jabr ko'rmoqda.. . . O'zbekistondagi 
qishloq xo'jalik yerlarining 50%dan ortig'i shamol ta'siridagi eroziyaga uchragan. 800 
000 gektarga yaqin qishloq xo'jalik maydonlari suv ta'siridagi eroziyaga uchragan. 
Eroziya natijasida 1 gektar maydondan 80 tonnagacha unumdor tuproq qatlami 
yo'qotiladi .1,5 mln gektardan ortiq maydonlar ikkilamchi sho'rlanishga uchragan . . . 
Toshkent shahri - O'zbekiston Respublikasininng poytaxti, mamlakatning siyosiy va 
iqtisodiy markazi hamda Markaziy Osiyodagi eng katta megapolisdir. Toshkent shahrining 
maydoni 326 kvadrat kilometrni tashkil qiladi; aholisi esa 2,5 million kishidan ortiqdir. 
Har qanday megapolisga o'xshab, Toshkent shahridagi asosiy muammolardan biri - 
chiqindilar muammosidir. Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna atrofida maishiy 
chiqindilar hosil bo'ladi.



1998-2001 yillarda Toshkent shahrida yiliga 7 ming tonna atrofida sanoat chiqindilari hosil 
bo'lgan. 2002 yildan boshlab sanoat chiqindilari miqdori keskin ortdi. Bu bir tomondan, 
korxonalarning iqtisodiy faolligini ortishi bilan, ikkinchi tomondan esa, sanoat chiqindilarini 
hosil bo'lishi, to'planishi, saqlash va utilizatsiyalashni hisobga olishning yaxshilanishi bilan 
bog'liq. 
20-asrning oxirlariga kelib, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish 
bilan bog'liq juda og'ir vaziyat yuzaga keldi. Avvaldan mavjud tartibga ko'ra, bu vazifani o'rta 
va kichik (1,5-3 tonnali) yuk mashinalari bilan amalga oshirilar, bu esa juda samarasiz edi. 
Kommunal tizim xodimlarining sa'yi-harakatlariga qaramasdan, qattiq maishiy chiqindilarni 
yig'ish va tashib ketish muammosi dolzarbligicha qolaverdi. Bu muammo chiqindilarni yig'ish 
va tashish uchun zarur maxsus mashinalarni yetishmasligiga ham bog'liq edi. Mashinalarning 
eskiligi va butlovchi qismlarni yetishmasligi sababli hosil bo'layotgan maishiy chiqindilar o'z 
vaqtida olib ketilmas edi. Shuningdek, chiqindilarni tarkibiga ko'ra ajratib yig'ish va qayta 
ishlash ham tashkil etilmagan edi. Shaharda hosil bo'lgan chiqindilar Ohangaron, Hasanboy va 
Zangiota yo'lidagi axlatxonalarga tashlanar edi. Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalar 
turar joylarga yaqinligi sababli aholining noroziligiga sabab bo'layotgan edi. 
O'zbekistondagi ekologik muammolar 
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda 
dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini 
yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi 
Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi.
Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar 
quyidagilar:
1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq Chirchiq
Farg'ona- Marg'ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. 
Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan 
turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.
2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi 
ham muammolardan biridir.
4. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, 
qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish .

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling