Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
iqtisodiyotini tushunish, bir vaqtning o`zida barcha tirik mavjudotlarning organik va 
anorganik atrof-muhit komponentlari bilan o`zaro ta`sirini, hayvonlar va o`simliklarning 
antogonistik (dushmanona) va noantoganistik (do`stona) munosabatlarini inobatga olgan holda 
o`rganadigan fandir”. 
Ekologiya barcha o`zaro munosabatlarni o`rganadigan fandir. Bunday munosabatlarni Charlz 
Darvin “yashash uchun kurashni tuq`diradigan shartlar», deb aytgan edi. 
Ushbu ta`rifda “tabiat iqtisodiyotini tushunish” tushunchasi ishlatilgan va
ekologiyaning iqtisodiyot bilan boq`liqligiga alohida urq`u berilgan. Ammo ekologiyada
iqtisodiyot deganda, tor ma`noda jamiyat iqtisodiyotini emas, balki tabiat iqtisodiyoti 
tushuniladi. 
Tadiat iqtosodiyoti deganda, tabiatdagi tirik organizmlar va ularning atrof-muhit bilan 
o`zaro tabiiy munosabatlariga miqdor nuqtai nazardan yondashish tushuniladi. Bunda tirik
organizmlarning o`zaro va atrof-muhit bilan ta`siri natijasida hosil bo`ladigan energiya
massa (biomassa, populyatsiya sonining ko`payishi, kamayishi, biomassaning o`zgarish tezligi)
va informasion o`zgarishlar inobatga olinadi. 
Hayotning mavjudligi-tirik jismdan modda, energiya va informasiya oqimining o`tish 
jarayonidir. Buni ekologiyada hayotni saqlanish qonuni deyiladi. Tirik tabiatdagi informasiya 
oqimining miqdori inson sivilizasiyasidagi oqimga nisbatan 20 tartib ko`pdir. Bu fantastik 
darajadagi farq insonni atrof-muhitga ko`rsatadigan har qanday ta`siriga misli ko`rilmagan 
variantlarda javob berishini taqazo qiladi. Shuning uchun insonga bitta yo`l mavjud - hamma 
vaqt tabiat qonunlarini o`rganib borish va unga rioya qilish. 
Hozirgi paytda mana shunday o`zgarishlar qonuniyatini o`rganish, jamiyat iqtisodiyotini 
tabiat iqtisodiyoti qonunlari bilan uyq`unlashtirish jahon iqtisodoyotinining negizini tashkil 
etadi. Masalani mana shunday tarzda qo`yilishi va uning dolzarbligi sayyoramizda yuz 
berayotgan turli ekologik inqirozlarning yuzaga kelayotganligi bilan asoslanadi. 
Hozirgi paytda jahon iqtisodiyotining rivojlanishini yagona yo`li - tabiat 
iqtisodiyotining qonunlari asosida olib borishdan iborat. Boshqacha har qanday yo`l inson 
uchun halokatli hisoblanadi. 
Jamiyat iqtisodiyotini tabiat iqtisodiyoti bilan uyq`unlashtirish uchun, avvalombor
ekologik nuqtai nazardan tabiiy resurslarni baholash lozim, zero har qanday iqtisodiy yo`nalish 
va rivojlanish birinchi navbatda tabiiy resurslarga tayanadi. 


37 
Jamiyat iqtisodiyotining shakllanishidan to hozirgacha o`tgan davrida iqtisodiyot
nazariyasi asosan ikki iqtisodiy omilga tayanib kelgan:mehnat va kapital. Bu holatni
iqtisodiyot nazariyasining yadrosi bo`lmish “ishlab chiqarish funksiyasi” yaqqol ifodalaydi:
ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori Y kapital K ga va mehnat resurslari L ga boq`liq, ya`ni

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling