Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Ekologik muvozanat — inson, o’simlik va hayvonlar uchun zarur bo’lgan tabiiy 
sharoitlar muvozanati. Ma’lumki, tabiat komponentlari birbirlari bilan uzviy bog’langan, doim 
o’zaro aloqada va ta’sirdadir. Ular komponentlar o’rtasida muttasil ravishda ro’y berib 
turadigan modda va energiya almashinuvi oqibatida hosil bo’ladi va tabiatning bir butunligini 
ta’minlaydi. Tabiat komponentlari o’rtasidagi bunday o’zaro ta’sir va aloqalar uzoq geologik 
davrlar mobaynida rivojlanib, turli joylarda turli ekosistemalarni shakllanishiga olib kelgan. 
Ekosistemalarda modda va energiyaning kirib kelishi bilan chiqib ketishi o’rtasida dinamik 
tenglik (balans) yuzaga kelgan. Bunday tenglik yoki muvozanat ekosistemani sifat jihatdan 
ma’lum bir holatda uzoq muddat mavjud bo’lib turishini ta’minlaydi. 
Ekologik muvozanat 2 xil bo’lishi mumkin: komponentlararo Ekologik muvozanat — 
ekosistema komponentlari o’rtasidagi tenglikka asoslanadi; hududiy Ekologik muvozanat — 
biror hududda intensiv va ekstensiv tarzda foydalaniladigan joylarning ayrim nisbatlari asosida 
yuzaga kelib, shu hududning Ekologik muvozanatning buzilmasligini ta’minlaydi. 
Biogenez (bio va genez) — organik birikmalarning tirik organizmlar hosil qilishi. Keng 
ma’noda — B. barcha tirik mavjudotlarning faqat tirik materiyadan paydo bo’lishini 
ta’kidlaydigan g’oyaning emperik umumlashmasidan iboratdir. Bu terminni fanga dastlab 19-
asr o’rtasida G. Geksli kiritgan. B.ni Gelmgols, Arrenius va boshqa ilgari surgan. B. 
tarafdorlari yerdagi dastlabki tirik mavjudotlar "yorug’lik bosimi" yoki fazo jismlari 


35 
(meteoritlar) bilan birga boshqa sayyoralardan kelib qolgan hayot murtaklaridan rivojlangan 
deb isbotlashga urinishadi. B. hayotni abadiy deb hisoblaydi, Yerdagi hayot moddalarning 
rivojlanishi natijasida paydo bo’lganligi to’g’risidagi nazariyani rad etadi. Hozirgi zamon fani 
B.ning noto’gri ekanligini isbot qilib berdi, chunki dastlabki tirik mavjudotlarning abadiyligi 
haqidagi tushunchalar tirik tabiatning rivojlanishi to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlarga ziddir
Tabiiy muhitni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling