Mavzu: Psixalogyani mustaqil fan sifatida shakilanishi
Download 50.64 Kb.
|
qaw pisixalogya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. 2 I BOB. Psixologiya tarixi
- II BOB. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin hozirlanishi
Mavzu: Psixalogyani mustaqil fan sifatida shakilanishi
Kirish. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga tabiat hodisalarning tajribalari va determinik tadqiqot muvaffaqiyati orqali zamin tayyorlangan. Psixologiya tarixchisi Nordenshelning aytishicha, o‘sha paytda ko‘p organik hodisalarga yangi tushunchani qo‘llashga shoshilishar edi. Shu yangi tushunchani ma’nosi shunday iborat ediki, butun borliq jonlimi, jonsizmi bitta yagona sodda aniq bir sabab bog‘lanishidir, bunga tayanib murakkab hayotiy ko‘rinishlarini soddaga aylantirish mumkin, deb aytgan. 40 - yillarda vitalistik qarashning tarafdori I. Myullerning boshchiligida yosh olimlar guruhi o‘z ustoziga qarama-qarshi chiqishdi. Shu o‘quvchilar, jumladan, Gelmgols va Dyuba Reyman tomonidan «yashirincha kollej» tashkil qilindi, keyinchalik u tarixga fizika- ximiyaviy maktab deb kiritilgan edi. Bu maktabning dohiylari - Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar psixologiyani tajribali fan qilib ko‘rsatdi. Gelmgols, Dyuba Reyman va boshqalar ongni materiya sabablari orqali tushuntirib bo‘lmaydi, degan fikrga kelishgan. «Bu jarayonda insonning aqli» jahon siriga duch kelib, uni hech qachon yengib bo‘lmaydi” -dedi Dyuba. Tabiat hodisalari ustidagi juda ko‘p izlanishlar va muvaffaqiyatli tajribalar psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga katta omil yaratadi. Psixologiya fanining rivojiga har xil fanlar, yo‘nalishlar olimlarning hissasi juda kattadir. Masalan: tabiiy hodisalarga fizikaviy matematiklar ko‘zi bilan qarash, ya’ni energiyani saqlanish qonuni hech qanday o‘zgarishsiz tirik organizmga tadbiq qilishni avvaldan fan tasdiqlab bergan bo‘lsa, keyinchalik undan voz kechildi, bunga sabab Ch. Darvin ta’limotlarini psixologiya faniga qo‘shgan hissasi va boshqalardir. Ch.Darvin 1970 yilda o‘zining «Odamning paydo bo‘lishi» nomli asarida odamdagi va hayvondagi emotsional holatlarni taqqoslab ko‘rdi va bu holatlardagi harakatlar mimikani kelib chiqishi va bularni ma’nosi haqida fikr yuritdi. Ch.Darvinning fikricha, bu harakatlar va mimikalar insoniyat tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kerak bo‘lgan, ya’ni hayotiy zaruriyati bo‘lgan hayvonlar o‘ljasiga tashlanishdan oldin og‘izlarini katta ochib o‘kirgani singari odam ham ov paytida bu harakatlari bilan o‘zini himoya qilgan va hokazo. Ch.Darvin hozirgi turli mimika va harakatlarni ana shu ibtidoiy odamdan qolgan rudimentlar deb fikr bildirgan. Bularga odam o‘rganmaydigan, balki insonga instinkt sifatida tabiat tomonidan beriladi, deb aytgan. Bu bilan Ch.Darvin odamning emotsional holatini hech qanday odam psixologiyasiga bog‘lamay, balki uni hech qanday hissiz, fikrlamasdan bajariladigan bir fiziologik harakat deb ta’riflaydi. Bu bilan Ch.Darvin katta xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Insondagi bu harakat va mimikalar, intonatsiya bu - jamiyat rivojlanishining mahsulidir. Jamiyat rivojlanishi bilan biologik formalar ham o‘sib, rivojlanib boradi. Bora-bora refleks haqidagi ta’limotlar ham o‘zgardi. Masalan, Xoll va Myuller reflektor yoyini hech qanday o‘zgarmaydigan yo‘llarini bog‘lanish deb odamdagi turli reaksiyalar tashqi muhit o‘zgarishida ongning ta’siri deb tushuntirganlar. Ular reflektor harakatlarida psixik ta’sirni umuman inkor etdilar va bu harakatga faqat fiziologik ma’no berdilar, xolos. Ularning bu ta’limotini 1853-yili nemis fiziologi Aflyuger inkor etdi, buning uchun u bitta baqani boshini olib, unga ta’sir qilganda uning qolgan qismi xuddi bir butun organizm, psixologik jarayon ekanligini tasdiqlab berdi. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarimsharlarida vujudga keladigan muvaqqat bog‘lanishlarni psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirining natijasida hosil bo‘ladi. Muvaqqat nerv bog‘lanishlari nerv jarayonlarining irradisiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar yig‘indisidagi muvaqqat bog‘lanishlar assotsiatsiyalari qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishi muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotganini yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlariga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashishi mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Download 50.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling