O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Download 0.63 Mb.
|
O\'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi Reja: Atrof –muhit kimyosi faninning fan sifatida shakillanishi Yerdagi evolyusion jarayonlar Biosferaning tuzilishi va tarkibi Kimyoviy elementlarning atrof-muhitda tarqalishi Tayanch so’zlar va iboralar: Yerdagi evolyusiyasi, Biosfera, moddalarning aylanma harakati, kimyoviy elementlar migratsiyasi. 1. Bugungi kunda ekologik muammolar va atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib qoldi. O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng ekologik. muammolarga katta ahamiyat qaratilmoqda. Dunyoning jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishi o'zgarmoqda. Bunday sharoitda insonlar tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan zararli ta'sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishni uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari dolzarb bo'lib qolmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda ekologik jihatdan murakkab vaziyat vujudga kelgan bo'lib, u quyidagi muammolardan iborat: - yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibining pastligi, yerlarning nihoyat darajada sho'rlanganligi; suv zaxiralari, shu jumladan, yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi; Orol dengizining qurib borish xavfi; - atmosfera havosining ifloslanishi. Bu muammolarni hal qilish uchun barcha sanoat korxonalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish, tabiiy resurslardan, xomashyo va materiallardan to'liq foydalanishga qaratilgan hamda chiqindilarning miqdorini kamaytirish hisobiga ularning atrof-muhitga yetkazayotgan zararli ta'sirini kamaytiradigan yopiq tizimli ishlab chiqarish jarayonlarni rivojlantirish va amaliyotda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kun talablariga texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan javob bermasligi sababli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar hosil bo'lib, ular gaz chiqindilari, sanoat oqova suvlari, shlak, shlam va boshqa holatlarda atrof-muhitga kelib tushadi. Ushbu chiqindilar turli xil noorganik va organik moddalardan tashkil topgan bo'lib, ular atmosfera havosini, tabiiy suv havzalarini, tuproqlarni zaharlab, o'simliklar va hayvonot olamiga hamda inson salomatligiga katta zarrar yetkazmoqda. Lekin sanoat rivojlanishini fan-texnika taraqqiyotini to'xtatib bo'lmaydi, chunki bu yer sharidagi aholining yashash sharoitlarini keskin yomonlashib ketishiga va global muammolarni yana ham keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga fan yutuqlari inson va tabiatning o'rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirilishi bilan bir vaqtda paydo bo'layotgan muammolarni yechish uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda kimyo faniga alohida e'tibor qaratiladi, chunki barcha ifloslantiruvchilar - bu kimyoviy moddalar. -Kimyoviy birikmalar atrof-muhitga kelib tushgandan so'ng unda uzoq vaqt saqlanib turishi, to'planishi yoki turli yo'llar orqali chiqib ketishi mumkin yoki o'zaro bir biri va biosferaning komponentlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarni hosil qilib, flora va faunaga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ma'lumki, hozirgi zamon biosferasining holatini belgilovchi jarayonlar atmosfera, gidrosfera, litosfera va tirik organizmlardagi fizikkimyoviy o'zgarishlarga bog'liq. Bu o'zgarishlar esa faqatgina tabiiy omillarga emas, balki antropogen omillarga ham bog'liqdir. Bu o'zgarishlarni kimyo fanining turli yo'nalishlari bo'lgan geokimyo, agrokimyo, fotokimyo, gidrokimyo va biokimyo kabi fanlar o'rganadi. Ammo atrof-muhitda sodir bo'layotgan global o'zgarishlar biosferadagi jarayonlar bilan biogeokimyoviy sikllarning o'rtasida uzviy bog'liqlik borligi haqida dalolat beradi. Biosferaning turli qismlaridagi o'zgarishlarni va ularning bir-biriga bog'liqhgini «Atrof-muhit kimyosi» fani o'rganadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling