O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi


Download 0.63 Mb.
bet2/8
Sana02.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1319916
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi

«Atrof-muhit kimyosi» XX asrning 70-yillaridan rivojlana boshlangan fan bo'lib, u atrof-muhitga kelib tushayotgan kimyoviy moddalarning turlarini, xossalarini, ularni hosil qiluvchi manbalari va miqdorini hamda ularning atrof-muhitdagi barqarorligini, biosferadagi boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish xususiyatlarini hamda buning natijasida barcha tirik organizmlarga va inson salomatligiga, sanoat hamda madaniy obyektlarga yetkazayotgan zararli ta'sirini o'rganadi.
Atrof-muhit kimyosi fani umumiy kimyo fanining asosiy qonun va tushunchalariga asoslangan, lekin bu fandagi o'rganilayotgan obyektlar biosferada joylashgandir.
Ushbu fanning maqsadi - tabiiy va antropogen yo'l bilan hosil bo’lgan hamda atrof-muhitga kelib tushayotgan kimyoviy birikmalarni transformatsiva va migratsiya jarayonlarini o'rganishdir. Shu bilan birga bu fan maqsadlariga kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarning biosferaga kelib tushishining oldini ohsh usullarini ishlab chiqish, chiqmdilarni utilizatsiyalash, yo'q qilish, chiqindisiz texnologik jarayonlani tashkillashtirish ham kiradi.
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» sohasidagi mutaxassislar turli xil kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitga kelib tushgandan so'ng ularning kimyoviy o'zgarishlarini va biosferadagi jarayonlarga ta'sir etishini baholash, yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni oldindan ko'ra bilish hamda bu oqibatlarning bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni o'rganishlari va bilishlari maqsadga muvofiqdir.
2. Yer shari 4,6 mlrd. yil avval koinotda yuz bergan katta portlash natijasida gaz-chang bulutidan paydo bo'lgan va hozirgi holatiga kelguncha bir necha evolutsiya bosqichlardan o'tgan.
Boshlang'ich atmosferadagi issiqlik ta'sirida hosil bo'lgan gazlar asosan vodorod, rnetan, uglerod oksidlari, karbonat kislotasi, ammiak, oltingugurt angidridi, vodorod sulfid va boshqa gazlardan hamda suv bug'laridan tashkil topgan bo'lib, ularning tarkibida erkin kislorod bo'lmagan. 4 mlrd. yil avval suv bug'larining kondensatsiyasi natijasida gidrosfera hosil bo'lgan.
Yerda hayot paydo bo'lishidan avval atrof-muhitda organik moddalar hosil bo'lib to'planib borgan. Birinchi organik moddalar metan, karbonat angidrid, vodorod, suv bug'lari, ammiak gazlaridan quyosh radiatsiyasi ta'sirida hosil bo'lgan. Quyosh energiyasi ta'sirida avval uglevodorodlar, aldegid va ketonlar, karbonat kislotasi hamda aminokislotalar hosil bo'lgan. Bu moddalar esa organik moddalarning aylanma harakatiga kirishib, destruksiya va sintez jarayonlari natijasida murakkab organik moddalarni hosil qilgan. Bu moddalar gidrosferada to'plangan. Birinchi sodda tirik organizmlar okean suvlarida paydo bo'lgan, chunki suv ularni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalab, hayotning rivojlanishiga imkon yaratgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling