Iqlim oʻzgarishi XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yoʻlida tabiatga nisbatan xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab boʻlmoqda


Download 0.51 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1604841
Bog'liq
Iqlim oʻzgarishi


Iqlim oʻzgarishi — XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yoʻlida tabiatga nisbatan xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab boʻlmoqda. Iqlim isishi natijasida qor qoplami qisqarmoqda, bugʻlanish kuchaymoqda. Qurgʻoqchilikning tez-tez takrorlanishi va jadalligining kuchayishi qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi barqarorligini buzishi va oziq-ovqat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.
Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishi belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.

Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida 2015-yil 12-dekabrda Parij Bitimi qabul qilingan. Ushbu hujjat 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan. Bitimning maqsadi BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiyani amalga oshirilishini faollashtirish, global oʻrtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750-y.) boʻlgan darajaga nisbatan 2 S ga saqlab turish hamda haroratning Selsiy boʻyicha 1,5 darajagacha oʻsishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Bu 2050-yilga kelib issiqxona gazlari global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga yetkazishni talab etadi.

Taʼkidlash joiz, 2017-yil 19-aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij Bitimini imzoladi. Mazkur bitim 2018-yil 3-oktyabr kuni ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash chora va harakatlarni kuchaytirishni – 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan (yalpi ichki mahsulotga) yalpi ichki mahsulot birligiga 10 foizga qisqartirishni moʻljallamoqda.
Kelgusi 20-30 yil ichida iqlim oʻzgarishi insoniyatga beshta asosiy xavotirni alohida urgʻulaydi.
Bular sirasiga Arktika dengizidagi muzliklar va marjon riflari kabi unikal tizimlarga boʻlgan tahdidlar kiradi. Haroratning 2 gradusga koʻtarilishi bilan tahdid “oʻta yuqori” boʻlishi mumkin. Dengizlar va daryolarga boʻlgan taʼsiri. Unga koʻra, ummon suvi tarkibidagi kislota oshadi va undagi marjon va jonzotlarga xavf soladi.
Harorat oshishi bilan quruqlikdagi hayvonlar, oʻsimliklar va boshqa jonzotlar balandliklar va qutblar sari harakat qila boshlaydilar. Insonlarga taʼsir haqida gap ketar ekan, oziq-ovqat taqchilligi eng katta xavotir uygʻotadi. Makkajoʻxori, guruch va bugʻdoy 2050-yilga borib 25 foizga kamayishi bashorat qilinadi.
2050-yilga borib aholi soni 9 milliardga yetishi va shaharlar kengayib borishi kutilar ekan, oziq-ovqat yetishmovchiligi yana-da yomonlashadi. Tropik hududlar va Antarktikaning baʼzi qismlarida baliqchilar oʻljasi 50 foizga kamayishi mumkin.
Iqlim oʻzgarishi muammosi natijasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
— cuv resurslari taqchilligining kuchayishi;
— oʻrtacha haroratning oshishi;
— yogʻingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yogʻingarchiliklarsiz qurgʻoqchilik uzoq davom etishi va bir martada koʻp miqdorda yogʻingarchiliklar boʻlishi;
— qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi;
— harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi;
— oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan oʻzgarishi;
— sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlar kamayishi;
— iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va boshqalar.
Joriy yil fevral oyining ikkinchi oʻn kunligidagi havo harorati +27-+30 S gacha keskin oshib ketishi va mart oyida havo harorati -10 S gacha keskin sovub ketishi holatlari kuzatilishi ham yurtimizda global iqlim oʻzgarishi oʻz taʼsirini koʻrsatayotganidan dalolatdir. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
— Avvalo, ekologik madaniyat oiladan boshlanishi lozim;
— Ishlab chiqarish korxonalarida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur;
— Ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish kerak;
— Koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, shahar hududlari va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish darkor;
— Suv resurslaridan oqilona foydalanishda tejamkor texnologiyalardan unumli foydalanish lozim;
— Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur.
Qayta tiklanuvchi quyosh va shamol energiya manbalaridan foydalanish. orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi boʻlib turibmiz. Birgina misol sifatida BMT shafeligi ostida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsherikli Trast fondining tashkil etilishi yoki mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan tubida 400 ming gektarda oʻrmonzor tashkil etilgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qariyb 1200 ming gektarga saksovul va choʻl oʻsimliklari urugʻlari sepilganligi va koʻchatlari ekilganligini keltirish mumkin. Olib borilgan islohotlarni jahon hamjamiyati qoʻllab-quvvatlamoqda.
Davlatimiz rahbarining “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirish masalalari belgilanganligi iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, global iqlim oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladigan ekologik muammolarni barcha davlatlar va insoniyat birlashsagina natijaga erishadi. Shuni unutmasligimiz lozim, biz kelajak avlod uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst yetkazish burchimizdir.

Yer sayyorasida umumiy haroratning koʻtarilishi atrof muhitning, ayniqsa atmosfera havosining zararlanganligini koʻrsatuvchi asosiy koʻrsatkichlardan biridir. Atmosfera havosi tarkibida qator zararli moddalar miqdorining koʻpayishi nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha mintaqalarining iqlimi oʻzgarishiga olib kelmoqda.


Iqlimshunoslarning maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishining asosiy sababi yer yuzasidan chiqadigan uzun toʻlqinli radiatsiyani yutib atmosferada issiqxona effekti hosil qilayotgan gazlardir. Shu toifaga kiruvchi gazlar “Issiqxona gazlari” deb ataladi. Bu jarayonning mohiyati quyidagicha: quyoshdan keladigan radiatsiyaning bir qismi (30 foiz) atmosfera tufayli bulutlar orqali kosmosga qaytadi. 15 foiz atrofidagisi esa, atmosfera qatlamlarida yutiladi, qolgan energiya atmosferadan oʻtib yer yuzasiga yetib keladi va uni isitadi.
Yer oʻz navbatida atmosfera orqali uzun toʻlqinli infraqizil nurlarni koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish oʻrniga issiqxona gazlari tomonidan yutiladi va shu asosda atmosfera meʼyoridan ortiq qiziydi va nihoyat yer iqlimiga taʼsir koʻrsatadigan issiqxona qatlami hosil boʻladi. Issiqxona paydo qiladigan gazlarning atmosferada ortishi esa, yuqorida qayd qilinganidek, insonlarning faoliyati bilan bogʻliq.
Shu bilan birgalikda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari global isishga sababchi boʻlib iqlim oʻzgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan mutaxassislar tomonidan bekorga bong urilmayapti. Dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu surʼatlarda ketsa, global isish va iqlim oʻzgarishlari natijasi bashorat qilib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.
Bugun jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. BMT Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi uni hal etishning ikkita asosiy yoʻnalishi belgiladi: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda kuzatilayotgan va kutilayotgan iqlim oʻzgarishlariga moslashish. Oʻz vaqtida choralar qabul qilmaslik va atmosferada issiqxona gazlari miqdorini bundan keyin ham koʻpayishi holatida mamlakatlar iqlim oʻzgarishi borasidagi harakatlar uchun katta mablagʻlarni mobilizatsiya qilishlariga toʻgʻri keladi.
Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻsib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida Parij Bitimi qabul qilindi. Yangi kelishuvning asosiy qirralaridan biri rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlar ham tashlanmalar miqdorini kamaytirish majburiyatini olishi belgilab qoʻyilgan.
Kelishuvning asosiy maqsadi issiqxona gazlari tashlanmalarini sezilarli darajada kamaytirib, sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi oʻrtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turishga erishishdan iborat. Mutaxassislarning fikrlariga koʻra, agar bu amalga oshirilmasa, sayyoramiz yildan yilga koʻproq keskin iqlim oʻzgarishlariga duchor boʻladi. Hisob-kitoblariga koʻra, 2030-yilga kelib atmosferaga chiqarilayotgan tashlanmalarning umumiy miqdori 55 gigatonnani tashkil etishi ehtimoli bor. Haroratni Selsiy shkalasi boʻyicha 1,5-2 gradus chegarasida ushlab turish uchun umumiy tashlanmalar miqdori 40 gigatonnadan ortiq boʻlmasligi kerak.
Taʼkidlash joiz, Parij Bitimi 2015-yil 12-dekabrda Parijda Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiya tomonlari konferensiyasining 21-sessiyasida qabul qilingan. 2016-yil 4-noyabrda kuchga kirgan va 2020-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Bitim turli milliy sharoitlar nuqtayi nazaridan adolatlilik prinsiplarini hamda umumiy, lekin tegishli imkoniyatlarni eʼtiborga olib alohida javobgarlikni aks ettiradi.
Bitimning maqsadi BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiyani amalga oshirilishini faollashtirish, global oʻrtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750-y.) boʻlgan darajaga nisbatan 2°S ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha oʻsishini cheklashga harakat qilishdan iborat. Bu 2050-yilga kelib issiqxona gazlari global ajratmalarini 40-70 foizga kamaytirishni va 2100-yilga kelib uning 0 yoki manfiy koʻrsatkichga yetkazishni talab etadi.
2017-yil 19-aprelida BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida Oʻzbekiston Parij Bitimini imzoladi. Bitimni imzolash uchun BMT Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha doiraviy Konvensiya kotibiyatiga issiqxona gazlar tashlanmalaridagi milliy miqyosda belgilanadigan hissasini kamaytirish toʻgʻrisida hujjat taqdim etildi. Mazkur bitim 2018-yili 3-oktyabrda ratifikatsiya qilindi. 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash chora va harakatlarni kuchaytirishni – 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan (yalpi ichki mahsulotga) yalpi ichki mahsulot birligiga 10 foizga qisqartirishni moʻljallamoqda.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
- hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi;
- SO2 konsentratsiyasi atmosfera havosida ortishi (1870-yildan beri uni miqdori 30 foiz ortdi);
- Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7°S ga oʻzgargan ( soʻnggi yuz yil ichida).
- suv resurslari taqchilligining kuchayishi, shuningdek hududlarda ichimlik suvining yetishmasligi hamda muzlik va qor qoplami kunlarining 7-10 kunga kamayib borishi, qurgʻoqchilik takrorlanishining koʻpayishi (hozirgi davrda har 10 yilning 3 yilida).
- tabiiy ofatlarning ortishi – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi (soʻnggi 40 yil ichida tabiiy ofatdan boʻlgan zarar miqdori 10 marotabaga oshgan);
- oʻrtacha haroratning oshishi, yillik issiq davrlarning 10-15 kunga oʻsib borishi;
- yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha darajasini mamlakatni butun hududi boʻylab pasayishi va ularning hududlar, vaqt hamda miqdori boʻyicha notekis tarqalishi, haddan tashqari kuchli yogʻingarchilikli va umuman yogʻingarchiliksiz kunlar sonining ortishi;
- qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi;
- yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishining oshishi, harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi;
- oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi;
- sahrolanish jarayonlarining kuchayishi, yaʼni, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi;
- iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar.
Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
Birinchidan, issiqxona gazlarini kamaytirish. Buning uchun birinchi navbatda ishlab chiqarish korxonalari, IES va boshqa atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi tashkilotlarda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur.
Ikkinchidan, yoqilgʻilar sifatini yana-da yaxshilash hamda ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish oʻz navbatida issiqxona gazlari miqdorini kamaytiradi.
Uchinchidan, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Tabiiy drenaj hisoblangan koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini kamayishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, suvdan oqilona foydalanish. Tomchilab sugʻorishni tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish ham oʻz navbatida iqlim oʻzgarishlariga moslashish uchun xizmat qiladi.
Beshinchidan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor, chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur.
Oltinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. Quyosh, shamol energiyalaridan foydalanish bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish orqali atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini oldini olish orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin.
Iqlim oʻzgarishlarining oqibatlarini barchamiz his qilib turibmiz. Xususan, mintaqamizga mos boʻlmagan shamolning tezligi natijasida Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat yoki bir qator hududlarda sel kelishining ortishi bu albatta iqlim oʻzgarishlarining oqibatidir.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga eʼtibor yana-da kuchaydi.
Yurtboshimiz yuksak minbarlardan ekologik muammolarni hal etish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidlamoqdalar. Jahon hamjamiyatini buni qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi boʻlib turibmiz. Birgina misol sifatida BMT shafeligi ostida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsherikli Trast fondining tashkil etilishi yoki mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan tubida 400 ming gektarda oʻrmonzor tashkil etilgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qariyb 1200 ming gektarga saksovul va bosh choʻl oʻsimliklari urugʻlari sepilganligi va koʻchatlari ekilganligini keltirish mumkin.
Davlatimiz rahbarining “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining bir qator bandlarida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirish masalalari belgilanganligi iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun xizmat qiladi.
Muxtasar qilib aytganda, global tusdagi ekologik muammoni bir yoki ikki davlatning saʼy-harakati bilan bartaraf etib boʻlmaydi. Bunga barcha davlatlar hamjihatlikda ekologik muammoni bartaraf etish uchun kurashish talab etiladi. Kelgusi avlodlar uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst holda yetkazish barchamizning umuminsoniy burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti

Mavzu : Iqlim oʻzgarishi

Bajardi:Azimova Nargiza


Iqtisodiyot 2-32 gurux talabasi
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling