O'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Download 0.63 Mb.
|
O\'zbekiston respublikasi atrof-muhit kimyosi
Seysmik to'lqinlarning tarqalishini o'rganish natijasida yer qatlamining tashkil qiluvchi asosiy tog' jinslari unda uch qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan. Birinchi qavat cho'kindi jinslardan tuzilgan. Undan pastda granit qavati joylashgan bo'lib, bu qavat hamma joyda emas, balki yer qatlamining faqatgina ma'lum uchastkalarida uchraydi (zichligi 2,7 g/sm3). Yer qatlamining eng pastki qavati og'ir, zichligi katta bo'lgan bazalt qatlamidan tashkil topgan ( zichligi 3 g/sm3). Uning pastki chegarasi Moxorovich qatlamidir. 3-rasmda Yer qatlamining tuzilishi sxemasi keltirilgan. Cho'kindi jinslarning asosiy massasi kontinentlarda to'plangan, chunki kontinental qatlamda katta-katta pastliklar — geoksinallar hosil bo'ladi. Asta sekinlik bilan pastga cho'kishi natijasida ular tog jinslarning yemirilishi mahsuloti bilan to'ldirilib boriladi. Hozirgi vaqtda geoksinallarda kontinentlardagi barcha cho'kindi jinslarning 75% to'plangan. Okeanik turidagi qatlamda mantiya moddasi yuzaga chiqadi. Unda granit qavati bo'lmaydi, cho'kindi jinslar qavatining qalinligi juda kam va ayrim joylarda 0,5—1 km ni tashkil qiladi, uning tagida 3-4 km qalinlikdagi bazalt qatlami joylashgandir. Yer qatlamining okeanik turida turli xil strukturalar- tog’liklar, chuqurliklar, tekisliklar, adirliklar hosil bo’ladi. Kontinent Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling