Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marshrutli postlar
Statsionar postlarda- atmosferani ifloslantiruvchi zaharli moddalar miqdori uziuksiz
qayd qilib boriladi va kelgusi tahlillar uchun havodan namunalar doimiy ravishda olib turiiadi, Bu postlar uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lib, xizmat ko'rsatish kurilmalari va uskunalari Davlat nazorati qonunlariga asosan quriladi hamda zamonaviy texnika bilan jihozlanadi. 59 Marshrutli postlar: ma'lum bir hudud yoki viloyat, tumanda yoki yangi sanoat korxonasi ishga tushgan joyda havoning kutilmaganda iflos-lanish holati kuzatilsa, shu joylarda atmosfera havosi ifloslanishini ku-zatuvchi postlar tashkil qilinadi. Harakatdagi postlar sanoat korxonalari keng rivojlangan hudud-larda tutun va gaziardan namuna olib, ifloslanish darajasini kuzatadi. Birinchi turdagi postlar shuriday joyga joylashadiki, alohida tash-lanayotgan ifloslantirish manbalari butun atmosferani ifloslantirib yubormaydi. Bu yerda havo aralashmalar ta'sirida yana qayta aniq-lanadi. Ikkinchi turda postlar havoga eng ko'p miqdorda zaharli moddalar tashlanayotgan joylarga joylashtiriladi. Har bir post kategoriyasidan qat'i nazar, alohida, ochiq, shamol tegib turadigan, tagi qattiq joyga o'rnatiladi. Hamma tomondan shamol tegib turishi kerak. Agar postni yopiq, shamol tegrnaydigan joyga o'rnatilsa, kuzatish natijalarida daraxtlar, binolar tufayli zaharli moddalar miqdori kam bo'lib chiqadi. Statsionar va marshrutli postlarda shamol oqimiga qarab ham kuzatish natijalari o'zgarib boradi. Shuning uchun shamol bo'jgan yer-larda namunalar olishni qayta takrorlash zarur. Sanoat korxonalari va katta magistral yo'llar yaqinida 0,5—2 km yon atrofda, 2—3 km balandlikda masofalar eng Ifloslangan hudud hisoblanadi. Turg'un postlarda doimiy kuzatish to'rt dastur bo'yicha olib boriladi: to'liq (t), yarim to'liq (yat), qisqartirilgan (q) va sutkali (s). Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta.Tekshirish natijalariga qarab, ob’yektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo to’xtatish mumkin bo’ladi.Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillashtirilishi zarur.Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi.Bunday jarayon berk jarayon bo’lib, bunda chiqindilardan umuman bo’lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi.Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosini toza bo’lishida katta ahamiyatga ega.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan.Yana bir muhim masala zaharli moddalarni zahari kam bo’lgan moddalarga almashtirishdir. Masalan, ko’mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bialn isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo’qotish ham texnologik jihatdan muhim hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo’lsa ham to’xtab qolmasligi kerak.Agar jarayon to’xtab qolsa, chiqindilar to’planib atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug’dirishi mumkin. Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo’lmasa ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan hushyorlikni talab qiladi. Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling