Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


Ekologik muammolarning tasnifi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
 
Ekologik muammolarning tasnifi -Odatda ekologik muammolarning ko`lami va 
dolzarbligiga qarab ular quyidagi 3 guruhlarga bo`linadi.
1.Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining 
siyraklanishi, «atmosferaning dimiqishi», chuchuk suv muammolari kabilar misol bo`la oladi.
2.Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining ko`rib 
borishi, Arsanoy ko`llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko`li muammosi, «kislotali 
yomg’irlar» muammosi va boshqalar misol bo`la oladi. 
3.Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoati rivojlangan mintaqalarda 
(masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, CHirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv 
tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar 
bilan boglik agrosanoat ekalogik muammolari misol bula oladi. 
Umumiy ekologiyaning tarkibiy qismlari -Umumiy ekologiya 4 qismdan iborat. 
1. Autekologiya 
2. Populyatsiyalar ekologiyasi 
3. Sinekologiya 
4. Biosfera 
Autekologiya -Autekologiya («autos»-yunoncha so`z bo`lib, «o`zi» degan ma`noni bildiradi) 
ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o`zaro munosabatini, turlarning qaysi muhitda 
ko`proq va uzviy moslashganini o`rganadi.  
 
Populyatsiyalar ekologiyasi - Populyatsiyalar ekologiyasi («populyasion»-frantsuzcha so`z 
bo`lib, «aholi» degan ma`noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma`lum 
sharoitda turli organizmlar sonining o`zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini o`rganadi.
Populyatsiya - Populyatsiya deb, ma`lum joyni egallagan, bir-birlari bilan irsiy axborotni 
almashish xususiyatiga ega bo`lgan, bir turga yoki bir necha tur vakillariga kiruvchi
organizmlar guruhiga aytiladi. 
Tabiatda katta arealga ega bo`lgan turlar, turli ekologik muxitlarda notekis taksimlanishi 
natijasida ayrim guruxlar yoki populyatsiyalarga bulinadi. 


130 
Populyatsiyalar ikki xil xususiyatga ega: biologik va guruxlik xususiyatlar. Biologik 
xususiyatlariga populyatsiya a`zolarining xayot shakli, uning usish kobiliyati, farklari, uzining 
yashash xududida son-sifatini ushlab turishi va biologik tugilish xususiyatlari kiradi.
Populyatsiyaning guruxlik xususiyatlariga esa, uni tashkil kiluvchi organizmlarning 
tugulishi, ulishi, yoshiga karab tuzilishi, va genetik moslashishi kiradi.
Populyatsiyalar makonda tarkalishiga karab uch xilga bulinadi; elementar, ekologik va 
geografik populyatsiyalar.
1.Elementar populyatsiya deganda kichik arealdagi, bir xil muxitda uchraydigan tur
vakillarining yigindisi tushuniladi. Kuzatuvlar shuni kursatadiki bir xil sharoitda kichik 
joyda populyatsiyalar soni kam buladi. Agar biogeotsenoz ichidagi yashash sharoiti xar xil 
bulsa, populyatsiyalar soni xam kup buladi.
2.Ekologik populyatsiya sodda, elementar populyatsiyalar yigindisidan xosil buladi. 
Ular ma`lum bir biogeotsenozda tur ichidagi guruxlarga yuzaga keladi. Masalan; karagay 
urmonlaridagi biotsenozda olmaxonlarni oddiy karagay, kora karagay, ok karagay
urmonlarida bir-biridan fark kiluvchi populyatsiyalari aniklangan.
3.Geografik populyatsiya deganda, bir geografik sharoitda va xududda uchraydigan 
ekologik populyatsiyalar tushuniladi. Geografik populyatsiyalar bir-biridan etarli darajada
chegaralangan buladi. Xamda ular bir-biridan katta-kichikligi kupayishi ekologik 
moslanishlari, fiziologik va xulkiy xususiyalari bilan farklanadi.
Geografik populyatsiyani Uzbekiston xududidan dala sichkonlari populyatsiyalarini misol 
kilish mumkin.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling