Baxriddinova va uning o'g'li Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi?
Download 29.25 Kb.
|
Ruzibek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxriddinova va uning ogli Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Normativ-hujjatlar
- III. Qo’shimcha adabiyotlar
- Internet manbalari
2-kazus Baxriddinova o'z dehqon xo'jaligida tarvuz yetishtiradi. Har kuni tongda yorilib yotgan tarvuzlarni ko'rib, yoz faslining oxirida tungi tarvuz o'g'rilarini qo'lga tushirish va ichki ishlar organiga xabar berishga qaror qilishadi. Baxriddinovaning 15 yoshli o'g'li Abdusattor ham tungi “ov”da ishtirok etishga ruxsat so'rab, dalada qoldi.Shu kecha tunda 13 yoshli Xursand va Murod polizga kirishib, pishib yetilgan tarvuzlarni yog'och bilan urib yorishayotgan paytda ularni poylab o'tirgan Baxriddinova va uning o'g'li Abdusattor ov miltig'idan havoga qaratib o'q uzishdi. O'q ovozidan qo'rqib ketgan Xursand va Murod qochishni boshladi. Shundan so'ng, Abdusattor qochib ketayotgan Xursand va Murodga qarata yana bir marta o'q uzadi. Buning natijasida Murod chap buyragi va jigaridan jarohat olib, og'ir tan jarohati oladi. Xursandning ham tanasida o'qdan olgan jarohat izlari mavjud bo'lib, ikkala o'smir 2 kundan keyin kasalxonada vafot etishdi. Keyinchalik Baxriddinovaning tushuntirishicha, ular o'qni Xursand va Murodni to'xtatish maqsadida otishganligini, biroq ular buni tushunmaganligi uchun qochib ketishganini aytadi.
Yuqoridagi kazusda munosabat bildirishdan avval, kazusdagi muammoli vaziyatlarni aniq ko’rsatib o’tilgan. Dastlabki savol – bu Baxriddinova va uning o'g'li Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi? Yuqoridagi muammoli vaziyatni mazmuniga qaraydigan bo'lsak, unda “badanga shikast yetkazish” tushunchasi haqida gap boryotganiga guvoh bo'lamiz. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 dan 111-moddagacha badanga shikast yetkazish haqida normalar keltirilgan. Jinoyat kodeksining 104-moddasiga berilgan sharhda yuqiridagi tushunchaga quyidagicha ta'rif berilgan: “Badanga shikast yetkazish deganda, boshqa odamning erkiga qarshi sodir etilgan, uning to'qimalari va a'zolarining anatomik yaxlitligi yoki fiziologik vazifalari tashqi muhit ta'siri ostida yoxud aybdor tomonidan jismoniy ta'sir ko'rsatish bilan ishdan chiqarishda ifodalangan sog'lig'iga huquqqa xilof ravishda zarar yetkazishni tushunish lozim”. Nazariyada keltirilgan izohga ko'ra, badanga shikat yetkazish o'zga kishining sog'lig'iga uning xohishiga zid ravishda, tashqi muhit omillari ta'siri ostida to'qimalar yoki a'zolarning anatomik bus-butunligi yoki fiziologik funktsiyalari buzilishiga sabab bo'lgan g'ayriqonuniy zarar yetkazish hisoblanadi. Badanga shikast yetkazish qilmishini jinoyat tarkibi bo'yicha kvalifikatsiya qiladigan bo'lsak, bunday jinoyatning obekti – o'zga shaxsning salomatligi hisoblanadi. Badanga shikast yetkazish obektivdan tomondan jinoyatchining faol harakati orqali sodir etiladi: jismoniy ta'sir (mexanik, termik, elektr toki) yoki kimyoviy . Bunday vaziyatda aynan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib chiqqan oqibat o'rtasida sababiy bog'lanish borligini aniqlash muhim hisoblanadi. Subektiv tomondan badanga og'ir shikast yetkazish aybning qasd shakli (JK 104-moddasi) bilan tavsiflanadi va muayyan holatlarga ko'ra to'g'ri yoki egri qasd bilan yetkazilgan bo'lishi, shuningdek ehtiyotsizlik orqali (JK 111-moddasi) ham sodir etilishi mumkin. 104-106 moddalarga nisbatan jinoyat subekti 14 yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxs bo'ladi. 107-111 moddalarga nisbatan bo'lsa, jinoyat subekti yoshi umumiy – 16 yosh hisoblanadi. Agar ushbu qonunlar bilan jinoyatni sodir etgan shaxsni javovgarlikka tortmoqchi bo’lsak, avvalo, ular ushbu moddalarda ko’rsatilgan subyekt yoshida bo’lishlari kerak. Keying masalaga to’xtalasak, sodir etilgan qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash sifatida baholash mumkinmi? Buning uchun dastlab jinoyat kodeksi umumiy qismidan ijtimiy xavfli qilmish haqida nazariy ma’lumotlarni ko’rib o’tamiz. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash jinoyat qonunchiligida muhim hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash qonunbuzarlarganisbatan tez va qat'iy choralar ko'rishni talab qiladi. Shuning uchun jinoyat qilishga tayyorlanayotgan, jinoyat sodir etgan yoki gumon qilinayotgan shaxs aniqlanishi bilan ularni ushlash zarur, chunki ozodlikdaqoldirilgan jinoyatchilar jinoyat izlarini yashirishga urinishlari yokijinoyat sodir etishlari mumkin. Ushlash – ushlanayotgan shaxsningharakat erkinligini cheklovchi ehtiyot chorasidir1. Bizga ma’lumki jinoyat qonunchiligida “Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish” tushunchasiga mukammal ta'rif berilmagan2. Shuni aytib o’tish joizki, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi 2-qismida «Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obektlarga zarar yetkazadigan va shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi» –– deya izohlab berilgan. Biroq nazariyada shunday holat ham mavjudki, hamma ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi. Bunda holatda bunaqa harakatlarga, ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan, ya’ni shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazmaydi va zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarmaydigan kam ahamiyatli qilmishlarni ko’rsatish mumkin. Ular Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga formal jihatdan ega bo‘lsa ham, jinoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanmaydi. Demak, bizga berilgan kazusda Xursand va Murodning harakatlarini kam ahamiyatli qilmish deb atash mumkin. Shuningdek, Jinoiyat kodekisining 173-moddasi mulkni qasddan nobut qilish yoki unga zarar yetkazish to’g’risida aytib o’tilgan. Bu moddada subyekt yoshi 16 yosh va berilgan kazusda Xursand va Murodning yoshi 13 yosh o’z-o’zidan ma’lumki, ular ushbu jinoyat uchun subyekt bo’la olishmaydi. Kazusda Baxriddinovaning o'g'li Abdusattor 13 yoshli Murod va Xursandga qarata ov miltig'idan o'q uzadi. Chunki ular Baxriddinova yetishtirgan tarvuzlarni urib yorishaetgan edi. Aynan Abdusattor otgan o'q tufayli Murod chap buyragi va jigaridan olgan og'ir tan jarohati, shuningdek Xursandning ham tanasidan olgan og'ir tan jarohati tufayli 2 kundan so'ngkasalxonada vafot etishadi. Ushbu hoatda Abdusattorning harakatini jinoyat deb topilishi uchun undagi jinoyat tarkibiga aniqlik kiritib olamiz. Bizga ma’lumki, jinoyat obekti deb jinoyat qonunni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonunchiligi bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi ko’rsatib o’tilgan. Ma’lum bir ijtimoiy munosabatni jinoyat obekti deb topish uchun uning jinoyat qonunchiligi bilan qo’riqlanishi yoki qo’riqlannmasligini aniqlab olish zarur. Sodir etilgan qilmishni kvalifikatsiya qilishda uning qaysi ijtimoiy munosabatga zarar yetgazganligini, ya’ni jinoyat obektini aniqlash dastlabki jarayon hisoblanadi. Bizga berilgan kazusdagi jinoyat obekti jinoyat obektining boshqa tarkibiy qismlarini tahlil qilmasdan turib aytish mumkin bo’lsa, umumiy tarzda shaxs sog’ligi(hayoti) hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni –– ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bo‘lib, jinoyatning qanday sodir etilganligini ko‘rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi. Bizga berilgan kazusni tahlil qiladigan bo’lsa quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin. Bunda ijtimoiy xavfli qilimish –– miltiqdan Xursand va Murodga o’q otish; ijtimoiy xavfli oqibat –– ularning vafot etishi; sababiy bog’lanish –– ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o’rtasida yuzga keladi. Yuqoridagi holatda Abdusattor o’z harakati bilan Xursand va Murodning o’limi o’rtasida sababiy bog’lanish mavjud. Jinoyatning subyekti –– jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo‘ladi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo’lmasa, o‘z-o‘zidan jinoyat ham bo‘lmaydi. Jinoyat kodeksning 17-moddasida jinoyat subyektining haqida to’liq yoritib o’tilgan. Bizdagi berilgan kazusda Abdusattor jinoyat subyekti sifatida ko’riladi. Jinoyatning subyektiv tomoni – jinoyat qonunida jinoyat deb belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning o’z qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabati tushuniladi3. Jinoyatning subyektiv tomoni qilmishning ichki tomini hisoblanadi. Jinoyatning subyektiv tomoni qilmishning jinoyat ekanligi yoki jinoyat emasligini, agar u jinoyat bo’lsa qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida vujudga kelganligini aniqlab beradi. Jinoyatning subyektiv tomoni jinoyatni to’g’ri asoslantrish, jinoyatni to’g’ri klavifikatsiya qilish va jazo tayinlashda muhim ahamaiyatga ega. Kazusda Abdusattor ov quroli orqali Xursnad va Murodga tan jarohat yetkazishiga harakat qilgan va bu to’g’ri qasd hisoblanadi. Biroq ularning o’limiga nisbatan ehtiyotsizlik deb talqin qilish zarur. Buni O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida” qarorining 19-bandida ham ko’rishimiz mumkin: Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning o'lishiga sabab bo'lgan og'ir shikast yetkazilishi, faqat aybdorda og'ir shikast yetkazishga nisbatan qasd va o'lim kelib chiqishi tariqasidagi oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik ko'rinishidagi ayb mavjud bo'lgandagina JK 104-moddasi uchinchi qismining "d" bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda qilmishni shu taqlid kvalifikatsiya qilish uchun badanga yetkazilgan og'ir shikast bilan kelib chiqqan o'lim o'rtasida sababiy bog'lanish borligi aniqlanishi shart. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmaydi (JK 39-m.1-q.). Qonundagi ushbu ta’rifda «jinoyat» so‘zi o‘rniga «ijtimoiy xavfli qilmish» so‘zi ishlatilgan. Chunki, «jinoyat» tushunchasiga qaraganda «ijtimoiy xavfli qilmish» tushunchasi kengroq hisoblanadi. Qonundagi tushunchada «jinoyat» so‘zi ishlatilsa, ushlanishi kerak bo‘lgan shaxslar faqat jinoyat subyektlari hisoblangan shaxslar doirasi bilan cheklanib qoladi. «Ijtimoiy xavfli qilmish» tushunchasiga esa jinoyat subyektlari bilan birga subyekt bo‘la olmaydigan shaxslar – jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganlar va aqli norasolar ham kiradi. Qonunda ushlash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklanmagan. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishda qonun talab qilgan shartlarga to‘liq rioya qilingan bo‘lsa, ijtimoiy foydali va hatto zarur deb topiladi. Bu shartlar ushlashning qonuniyligi va asoslanganligini belgilab beradi hamda qilmishni amalga oshiradigan shaxsning harakat qilish tartiblarini tavsiflaydi. Shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi. Jinoyat-prosessual qonunchilik asoslariga ko‘ra, ushlanadigan shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi ushlash uchun asos hisoblanadi. Ammo ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs tushunchasi jinoyat huquqida kengroq mazmunga ega, ya’ni qilmishida jinoyat tarkibi belgilari bilan bir qatorda, jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmagan shaxslar (jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso) ham ushlanishi mumkin. Ushbu shartning muhimligi shundaki, ushlanadigan shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi unga nisbatan yo‘l qo‘yiladigan zarar chegaralarini oldindan aniqlab beradi. Bizga berilgan kazusda o’g’irlik sodir etgan Xursand va Murod 13 yoshda bo’lganligi uchun ular subyekt yoshiga yetmagan hisoblanib(173-modda), jinoyat tarkibini tashkil qilmaydi va javobgarlikka torilmaydi. Ushlanishdan qochish deganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning yugurib qochishi va boshqa shunga o‘xshash harakatlar orqali qochishi tushuniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning ikkinchi guruh shartlari ushlashni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib ushlashni amalga oshirayotgan shaxs ularga rioya qilishi talab qilinadi. Hokimiyat idoralariga topshirish maqsadida ushlash. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan yagona maqsad hokimiyat organlariga topshirish bo‘lishi shart. Boshqa maqsadlarda (o‘ch olish, jinoyatini yashirish evaziga pul talab qilish, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkdan bir qismini tortib olish va boshqalar) ushlash vaqtida zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Baxriddinova va uning o’g’li ham ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organiga toshirmoqchi bo’lishadi. Bizga ma’lumki, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish doirasida bo’lishi talab etiladi. Biroq Xursand va Murod 13-yoshli bola bo’lganligi va ularni ushlash uchun ov qurolidan foydalanish ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaziyatiga to‘la mos kelmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqish. Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek, ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi (JK 39-m. 2-q.). Qonunda berilgan ushbu ta’rif ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chegarasidan chetga chiqish belgilarini aniq ko‘rsatadi, jumladan ushlash vaqtida zarar yetkazish: ushlash vositalari yoki usullariga mos kelmasligi; qilmish yoki uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga mos kelmasligi; ushlash sharoitiga butunlay mos kelmasligi; ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazganlik. Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtta mos kelmaslik holatidan kamida bittasini mavjud bo‘lishi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish chegarasidan chetga chiqilgan deb huquqiy baholash uchun yetarli hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib zarar yetkazgan shaxs, yetkazilgan zarar xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 108-moddasiga ko’ra Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish sifatida baholash mumkin. Bu haqidas shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining qaror4ida ko’rsatilgan holat bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Biroq bizga berilgan kasuzda 13 yoshli Xursand va Murodning harakatlari kam ahamiyatli qilmish hisoblanganligi uchun Abdusattorning harakatini Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qism “a” va “d” bandlari5 bilan kivalifikatsiya qilish to’g’ri bo’ladi. Shuningdek, Bizga berilgan vaziyatda ko’ra Baxriddinovaning harakati JKning 28 va 104-moddalari bo’yicha kivalifikatsiya qilinishi lozim. Shunday qilib, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishni qonuniy deb topish uchun yuqorida ko‘rsatilgan barcha shartlarga rioya qilinganligi aniqlanishi lozim, lekin Abdusattor o’g’irlik sodir etgan Xursand va Murodga nisbatan ov qurolidan foydalanishi qonun hujjatlarida ko’rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash asoslariga va qochayotgan shaxslar va taqib qiloyatgan shaxsning qurollanganligi to’g’ri kelmaydi. Xulosa qiladigan bo’lsak, bizga berilgan kazusda fuqaro Abdusattor Xursand va Murodlarning oliy qadriyat bo’lgan yashash yashash huquqidan mahrum qildi. Bu bilan Konstitutsiyamiz, jinoyat qonunchiligi va boshqa umume’tirof etilgan normative hujjatlarni bo’zgan hisoblablanadi. Unga nisbata jinoiy jazo qo’llanishi shart. Shuningdek, fuqaro baxriddinovaga ham sud tomonidan jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Normativ-hujjatlar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi; O`zbekiston Respublikasi Sud plenum qarorlari; Darsliklar: 1) Mualliflar jamosi, Jinoyat huquqi darsligi, Toshkent; 2012. 2) Rustamboyev M.H., Jinoyat huquqi(4-tom) TDYU nashriyoti, 2006. 3) Muhammadjon Usmonaliyev, Jinoyat huquqi( umumiy qism) “Yangi asr avlodi” Toshkent, 2005. 4) Ochilov Hasan Rashidovich, Jinoyat huquqi, Toshkent, 2009. III. Qo’shimcha adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharxlar, M.X. Rustamboyev. Toshkent––“Ilmi-ziyo” 2006. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashvaqtida zarar yetkazish: nazariya va amaliyot. Z. Q. Jabborov Monogirafiya 2018. Internet manbalari: https://lex.uz/ http://akadmvd.uz/ https://www.norma.uz/ 1 1 Kriminalistik taktika: Darslik / T.B. Mamatqulov. – T., 2013. – B. 169. 2 Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashvaqtida zarar yetkazish: nazariya va amaliyot. Z. Q. Jabborov Monogirafiya 2018. 3 Mualliflar jamosi, Jinoyat huquqi darsligi, Toshkent; 2012 4 O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Badanga qasddan shikastyetkazishga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida” qarori 27.06.2007 5 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharxlar, M.X. Rustamboev. Toshkent––“Ilmi-ziyo” 2006. 104-moddaga sharx qismida atroflicha yoritib berilgan. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling