Bog'liq 3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mustaqil o‘zlashtirish uchun Sotsialingvistikami, sotsiolingvistika? “Kiyimlar” do‘konida ishlaydigan kishining besh yoshli o‘g‘li
bir kuni shunday deb qoldi: “Men hammani birday yaxshi
ko‘raman, ammo oyijonimni esa bir razmer ko‘proq!”
Tahririyatda ishlaydigan ota o‘g‘li bilan parkka aylanishga
chiqqanda shunday dedi: “Dadajon, karuselning muharririga
ayting, bizni tezroq qo‘ysin!”
Ma’lum bo‘ladiki, ota-ona, oila kichik “jamiyat”, undagi muhit
bolaning nutqi, leksikoniga ham ta’sir qiladi. Hatto kattalar ongli
yoki ongsiz ravishda shunday xususiyatga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta’siri tilshunoslikning ikki
xil sohasi tomonidan o‘rganiladi.
Ijtimoiy muhitning umuman tilga ta’siri sotsialingvistika
tomonidan o‘rganilsa, uning alohida shaxs yoki kishilar guruhiga
ta’siri sotsiolingvistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi bir
tovush (a/o) bilan farqlanadi. Ko‘pchilik bu ikki terminni
chalkashtiradi.
“Sof” lingvistika til hodisalarini “quruq”, tashqi muhit
ta’sirlaridan xoli o‘rganadi. Masalan, so‘zning tovush qobig‘i,
undagi fonetik xususiyatlar, ma’nosi, ma’nodoshlari, birikuvchilari
va h. Sotsialingvistika davr va jamiyatning tilga ta’siri bilan
shug‘ullanar ekan, masalan, vazir so‘zining o‘zbek tili leksik
qatlamida o‘z vaqtida nega eskirganligi, bugungi kunda uning yana
faollashish sabablari yoki -lar ko‘plik qo‘shimchasining ortiqcha
qo‘llanish holatlari sodir bo‘lganligi (o‘nta o‘quvchilar kabi)
sabablari bilan qiziqadi.
168
Sotsiolingvistika ijtimoiy guruh va qatlam nutqidagi jargon va
slenglar bilan maxsus shug‘ullanadi. Masalan, svetnaya mast (“toj
guli”), bosyak (“past tabaqa”), malyutka (“yosh”), shirmach (“kissavur”) kabi ifodalarning qo‘llanish doirasi kabilar shular
jumlasidan.