O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BAXTIYOR MENGLIYEV
HOZIRGI
O‘ZBEK TILI
(KIRISH, FONETIK SATH, LEKSIK-SEMANTIK SATH)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan
«Tafakkur bo‘stoni» nashriyoti
Toshkent – 2018
UO‘K: 811.512.133(075.8)
KBK: 81.2O'zb-923
М 43
Hozirgi o‘zbek tili (kirish, fonetik sath, liksik-semantik
sath) / darslik. Baxtiyor Mengliyev – Toshkent: «Tafakkur
bo‘stoni», 2018. – 200 b.
Darslik 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
bakalavri
yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan.
Darslikda o‘zbek tilini substansial tadqiq qilish natijalari o‘z aksini
topgan. U umumiy o‘rta ta’lim “Ona tili”, akademik
litseylarning ijtimoiy-
gumanitar va filologiya yo‘nalishlari “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv
dasturlarining bevosita davomi bo‘lgan 5220100 – Filologiya va tillarni
o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavri yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi
o‘zbek tili” namunaviy o‘quv dasturi asosida yozilgan.
Darslikni yaratishda musannifning 2004-yilda chop etilgan “Hozirgi
o‘zbek adabiy tili. Kirish, fonetika-fonologiya, talaffuz, imlo, leksikologiya,
leksikografiya” (Qarshi, 2004) o‘quv qo‘llanmasi asos qilib olindi.
Amaliy
mashg‘ulotlar uchun mashq va topshiriqlarni tuzishda Y.Hamrаyeva,
G.Tojiyeva va I.Islomovlar muallifligidagi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Mashqlar to‘plami” (Toshkent, 2005) o‘quv qo‘llanmasidan keng
foydalanildi va buning uchun musannif qo‘llanma mualliflariga o‘zining
cheksiz minnatdorchiligini izhor etadi.
Darslik haqidagi fikr-mulohazalar, uni
mukammallashtirishga doir
takliflar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.