Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Shakl
Mazmun 
Zot 
A’yoni sobita 
Lisoniy birlik 
UMIS 
[o] fonemasi
Lablangan, quyi keng 
-ning
Oldingi ismni keyingi ismga 
tobelash 
WPm 
Kesimlik shakli va sintaktik 
mavqe bilan ta’minlangan atov 
birligi 
Tilshunoslikda UMIS lisoniy birlikning mohiyatini tashkil 
etganligi sababli UMIS “lisoniy zot” ma’nosida, lisoniy zot 
“UMIS” ma’nosida ham qo‘llanadi. 
UMISning 
nomoddiyligi 
va 
AHVOning 
moddiyligi
“Umuman kitob” UMIS sifatida ongda mavjud. U o‘zida yakka, 
alohida 
kitoblarning 
barcha 
umumiy 
belgilarini 
mujassamlashtirgan va farqli jihatlarini chetda qoldirgan. Masalan, 
bir kitob badiiy, ikkinchisi esa ilmiy, uchinchisi rasmiy, to‘rtinchisi 
esa ilmiy-ommabop. Bu farqli jihatlar “kitob” UMISida aks 
etmaydi. “Kitob” UMISida barcha kitoblar uchun umumiy bo‘lgan 
jihatlar to‘planadi. AHVO moddiy, u kishi sezgi a’zolariga ta’sir 
qiladi – biz uni sezgi a’zolarimiz orqali his qilamiz. 
Bayt: 
Seni topmoq base mushkul, vale topmaslig‘ osonkim, 
Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.
(Alisher Navoiy) 
UMISning takrorlanishi va AHVOning betakrorligi
“Umuman kitob” UMISi har bir kitob AHVOsida yuzaga 
13


chiqaveradi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham, har birida UMIS 
o‘zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi 
muayyan kitoblar takrorlanmaydi. Deylik, yoqib yuborilgan bir 
kitobni qayta tiklashning iloji yo‘q. Ammo qancha kitob yoqilgani-
yu nashr etilgani bilan umuman kitob UMISi o‘zgarmasdan 
turaveradi. Demak, UMIS – barqaror, AHVO – o‘tkinchi. 
UMISning chekliligi va AHVOning cheksizligi. Ongimizda 
UMIS sifatida “umuman kitob” bitta. Ammo kitob AHVOlari 
cheksiz. Shu kungacha mavjud bo‘lgan va kelajakda yozilib, nashr 
etiladigan kitoblar sonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo UMIS 
bittaligicha turaveradi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling