Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Alisher 
Navoiy, 
“Lisonut-tayr”. 
Sh.Sharipov 
nasriy 
bayoni. 
www.ziyouz.com  
7


Hikoyatda tasvirlanishicha, ko‘zi ojizlar paypaslash (sezgi 
a’zolari) asosida bilim hosil qilishgan. Bu empirik tafakkur 
mahsulidir. 
 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Ko‘rlarning fil haqidagi xabarlari nega chin deb baholandi? 
2.Ko‘rlarning fil haqidagi xabarlari nega nuqsonli edi? 
3.Faylasuf nega naql qilganlarga ta’na qilmadi? 
4.Ilmiy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz? 
Nazariy bilish empirik, ya’ni fahmiy bilishsiz amalga 
oshmaydi. Empirik bilish jarayonida to‘plangan faktik material 
nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li bilan umumlashtirilib, 
ularning mohiyati ochiladi. Bu bosqich Navoiyning yuqorida tilga 
olingan asarida orifning fil haqida bilim hosil qilish usuli misolida 
bayon etiladi. Orif ko‘zi ojizlarning fil haqidagi tasavvurlarini 
o‘zaro “bog‘lab”, umumlashtirib, ularning qarashlari asosida, 
bizning talqinimizcha, nazariy tafakkur yo‘li bilan fil haqida 
idrokiy bilim hosil qiladi. Shu tariqa Navoiy empirik va nazariy 
bilish hamda bilimni, empirik va nazariyotchi biluvchi (olim) ni 
farqlaydi, shu bilan birga, ikkinchisi birinchisining mehnatlarisiz 
ish ko‘ra olmasligini uqtiradi. Bunday holat barcha fanlarda 
mavjud. Masalan, Isaak Nyuton fizikasi empirik fizika bo‘lsa, 
Albert Eynshteyn fizikasi nazariy fizikadir. Ular bir-birini 
to‘ldiruvchi va bir vaqtning o‘zida inkor qiluvchi ta’limotlardir. 
Misralar zamiridagi kinoyaviy mazmunni oching: 
Arz-u samo qorong‘ulik qa’rida, 
Sayyoralar tentirardi zulmatda. 
Xudo dedi: “Bas, yaralsin Nyuton”, 
Borliq nurga to‘lib, zulmat tark etdi.
Ko‘p o‘tmay nur boz bo‘ysundi zulmatga, 
Zero, shayton Eynshteynni yaratdi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling