Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlashtiriladigan tushunchalar
BIRINCHI FASL
KIRISH Birinchi bo‘lim TIL, LISON, NUTQ MUNOSABATI. TIL SATHLARI VA BIRLIКLARI 1-§. Tilshunoslikda ilmiy bilish va uning bosqichlari Tayanch tushunchalar: bilish, belgi, ilmiy tadqiqot, falsafa, “Ko‘rlar va fil hikoyati”, empirik fizika, nazariy fizika, til, nutq, sath, fonema, tovush, leksema, so‘z, substansiya, aksidensiya, zot, tajalli, zohir, botin, grammatik shakl, gap qolipi O‘zlashtiriladigan tushunchalar: ilmiy bilish, fahmiy (empirik) bilish, nazariy (idrokiy, mantiqiy, ratsional) bilish, zohiriy belgi, botiniy belgi, empirik yondashuv, nazariy yondashuv, munosabat, UMIS va AHVO, WPm Ilmiy bilish va uning bosiqchlari. Ilmiy bilish – maxsus metodologiya va usullar asosida borliq haqida bilim hosil qilish. Olimlar tomonidan tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi murakkab va rang-barang hodisalar mohiyatini, rivojlanish qonunlarini ilmiy o‘rganishning aniq usullari ishlab chiqilgan, ular ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishi va xususiyatlarini ifodalaydi. Falsafada ilmiy bilishning navbatma-navbat takrorlanib turuvchi ikki turi farqlanadi: a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish; b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish. Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan manbaning tarkibiy qismlari, belgi-xususiyatlarini aniqlash, saralash, tartiblash va tasvirlash amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor o‘rganish manbayining sezgi a’zolari bilan anglanuvchi tashqi, zohiriy xususiyatlarini aniqlashga qaratiladi. Aslida bu hali tom ma’nodagi ilmiy bilish emas, lekin ilmiy o‘rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi hisoblanadi. Buni Alisher Navoiy “Lisonut-tayr” masnaviysidagi “Кo‘rlar va fil hikoyati”da ko‘zi ojizlarning fil haqida tasavvur hosil qilishlari misolida tasvirlaydi. 6 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling