Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
Quyidagi gaplarda nima ifodalanmaganligi uchun ular 
mazmuni qarama-qarshi? 
Jo‘shqin ...... semiz 
Jo‘shqin ...... oriq 
Jo‘shqin ...... baland 
Jo‘shqin ...... past 
Jo‘shqin ...... chaqqon 
Jo‘shqin ...... sust 
Jo‘shqin ...... bilimli 
Jo‘shqin ...... bilimsiz 
 
2.UMIS va AHVO tushunchalari. Dialektika (narsa va 
hodisalarni qiyoslab, umumlashma xulosa chiqaradigan falsafiy 
ta’limot) har qanday o‘rganish manbayida, borliqdagi har bir 
narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli 
tushunchalar asosida sistemalashtiradi: 
umumiylik – alohidalik; 
mohiyat – hodisa; 
imkoniyat – voqelik;
sabab – oqibat. 
11


Birinchi jihat (uni tegishli tushunchalarning bosh harflari 
asosida qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning sezgi a’zolari 
asosida his etilmaydigan, aql bilan idrok qilinadigan substansiyasi 
(mohiyati)dir. Ikkinchi jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, 
voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi, yuzaga chiqishi, namoyon 
bo‘lishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari 
yordamida his qila oladi. Masalan, yuqoridagi hikoyatda ko‘zi 
ojizlar aniqlagan jihatning har biri alohidalik bo‘lsa, orifning bilimi 
umumiylikdir. Obrazli qilib aytganda, ko‘zi ojizlar AHVOlarni 
aniqlashdi, orif bu AHVOlar asosida UMISni tikladi.
UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) va AHVO 
(alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) munosabatini yaqqolroq 
tasavvur qilish uchun hammaga tushunarli bo‘lgan misolga 
murojaat qilamiz.
Javonda beshta har xil kitob bor deylik, ular bevosita 
kuzatishda berilgan, kitoblarni sezgi a’zolari yordamida his qila 
olamiz. Lekin ongimizda yaxlit “umuman kitob” tushunchasi 
mavjud. U borliqda mavjud emas, ko‘rganlarimiz, eshitganlarimiz 
asosida ongimizda aqliy yo‘l bilan tiklangan. Falsafada ana shu 
umuman kitob” mazmuniga nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z 
oldimizda turgan kitob mazmuniga nisbatan AHVO atamasi 
qo‘llanadi. Bevosita kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar 
yordamida his qilish mumkin bo‘lgan AHVOdan biri boshqasisiz 
bo‘lmaydi. Masalan, “umuman kitob” tushunchasi xususiy, yakka, 
alohida kitoblar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka kitob 
“umuman kitob”ning voqelanishi, muayyanlashuvidir. UMIS va 
AHVOni farqli belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish 
mumkin (1-jadval): 
1-jadval 
UMIS 
AHVO 
Nomoddiy 
Moddiy 
Takror 
Betakror 
Chekli 
Cheksiz 
Buni quyidagicha sharhlash mumkin: 
UMIS va AHVO munosabati falsafadagi substansiya va 
aksidensiya, tasavvufdagi zot va tajalli terminlari vositasida 
12


tushuntiriladi. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa shakl va 
mazmundan iborat. Lisoniy birliklar ham shakl va mazmun 
tomonlariga ega. Lisoniy birlik shaklan lisoniy zot va mazmunan 
yondashilganda UMISga muvofiq keladi (zot va tajalli munosabati 
haqidagi batafsil ma’lumotni tasavvufga doir ilmiy va badiiy 
manbalardan olishingiz mumkin. Masalan, ma’rifiy adabiyotda 
Haq zot, borliq esa uning tajallisi sifatida qaraladi. Haq zotining 
mazmuniy tomoni (mohiyati) a’yoni sobita (bizningcha, UMIS) 
deyiladi). Misollar: 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling