Baxtiyor mengliyev
davrining ilk bosqichi bo‘lgan formal (an’anaviy) tilshunoslik
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
davrining ilk bosqichi bo‘lgan formal (an’anaviy) tilshunoslik
dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi zot va tajallini, UMIS va AHVOni bir-biridan izchil farqlamay tasnif etish bosqichi hisoblanadi. Chunki bu davr tilshunosligi zimmasiga ularni aniq farqlash vazifasi yuklatilmagan edi. XX asr boshlarida Yevropa ilmiy-falsafiy ta’limotiga Fridrix Hegel dialektik usulining keng kirib borish fizikada to‘ntarish hisoblangan Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasining shakllanishi va rivoji tilshunoslikka ham katta ta’sir ko‘rsatdi – tildagi umumiy va xususiy jihatlarni farqlashga turtki bo‘ldi. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish, avvalo, tilshunoslar Vilhelm fon Humboldt, Boduen de Кurtene va Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga sistema sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u til ilmidagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabgi yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanib, bu so‘z ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham til atamasi bilan yuritilar edi. Shu boisdan tilshunoslar falsafiy zot (substansiya)ning tildagi ko‘rinishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Dunyodagi biror 21 tilshunoslikda lison va nutq hamda ularning majmuyi o‘zbek tilshunosligidagidek terminologik aniqlikda ifodalanmagan. Fanimizda til, lison, nutq va ularni tutashtiruvchi me’yor munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval): 2-jadval TIL LISON ME’YOR NUTQ Yuqorida zot (UMIS) va tajalli (AHVO)ning tildagi aksi misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish mazmunida so‘z yuritildi. Quyida unga batafsil to‘xtalamiz. Til – tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga, borliq haqidagi bilimlarni xotirada qat’iy sistema sifatida saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga xizmat qiluvchi muhim (birlamchi) ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u o‘z ichiga lisoniy zot (UMIS) va tajalli (AHVO)larni ham, UMISning AHVOga o‘tish qonuniyatlarini ham qamrab oladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling