3. Tilning qanday sathlari ajratiladi?
Download 20.74 Kb.
|
HO\'AT javobi
HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI 1. Lisoniy UMIS va YAHVOga izoh bering (t/t: til va nutqni sharhlash)? Borliq, ong, falsafada umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) hamda yakkalik (alohidalik), hodisa, voqea, oqibat (natija) (YaHVO) kategoriyalarining til tizimida voqelanishi. Til, lison va nutqning birligi, lison UMIS va nutqning YaHVO sifatida tabiati. Lisoniy birliklar (fonema, morfema, leksema, qoliplar), ularning zotiy( substansial), ontologik xususiyatlari. Nutq birliklari - harf, bo‘g‘in, qo‘shimcha; so‘z, so‘z birikmalari, matn), ularning zotiy (substansial) tabiati. 2.Til, lison va nutqning bir-biridan farqi? Til va nutq birliklari orasidagi muhim farqlardan yana biri til birliklarining tanlanishga imkon beradigan paradigmalar da, nutq birliklarining esa tanlanish asosida birin – ketinlikda birlashadigan hosilalar - sintagmalar da voqe bo‘lishidir. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. 3. Tilning qanday sathlari ajratiladi? tilning quyidagi sathlarini bir dek tan oladilar: 1) fonologik sath 2) morfemik sath 3) leksik sath 4) morfologik sath 5) sintaktik sath 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath. Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fonologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi-morfema; leksik sath birligi leksema; morfologik sath-birligi so’z shakl; sintaktik sath birligi sintaksema; ustsintaktik sath birligi matn (tekst). Ko’rsatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga qarab qatiy tartibda joylashadi. Har bir yuqori sath birligi o’zidan bir daraja quyi sath birliklarining sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno), fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath birligi morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham).1 Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfologik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (to’g’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar. 4.Lisoniy birliklar deb nimalar kiritiladi? . Lisoniy birliklar (fonema, morfema, leksema, qoliplar), ularning zotiy( substansial), ontologik xususiyatlari 5.Fonema va tovushning farqi? Tovush va fonemaning o‘zaro farqi ham nutq va til o‘rtasidagi o‘zaro farqqa borib taqaladi. Boshqacha aytganda, tovush nutqqa tegishli tushuncha bo‘lsa, fonema tilga tegishli tushunchadir.oʻzlar tarkibidagi nutq tovushlari ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog‘, toq. Ko‘rinyaptiki, bu so‘zlar o‘zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Fonemaning aniq talaffuz qilingan, quloqqa eshitilgan ko‘rinishi tovush yoki fon (allofon) deb yuritiladi7. Masalan, bir, bilan soʻzlaridagi qisqa i, biy, tiy soʻzlaridagi choʻziq i, qirq, Gʻirot soʻzlaridagi ruscha ы ga yaqin aytiladigan i fon (allofon) hisoblanadi. Jorj Yul yuqorida zikr qilingan darsligida yozishicha, fonema ongda mavhum tushuncha sifatida mavjud boʻlgan paytda, real nutqda uning turli variantlari hosil boʻladi.Fonemalarini tasnif qilganda ularni bir-biridan farqlantiruvchi belgilar farqlovchi (differensial) belgilar hisoblansa, shu tovushlar uchun umumiy belgilar esa birlashtiruvchi (integral) belgilar sanaladi: b va p tovushlari uchun lablar ishtirokida hosil bo‘lish va portlovchilik belgilari birlashtiruvchi belgilar sanalsa, jarangli- jarangsizlik belgisi farqlovchi belgidir 6.Leksema va so‘zning bir-biridan farqi ? Hаr bir tilning lug‘аt tаrkibi, bоyligi, shuningdеk, tildаgi sо‘zlаr mаjmui lеksikа dеb yuritilаdi.Lеksikоlоgiya lеksikаni о‘rgаnаdi, lеksikа esа, о‘z nаvbаtidа, sо‘zlаrdаn yoki sо‘zlаr mаjmuidаn ibоrаt bо‘lаdi. 7.Morfema va qo‘shimchaga izoh bering (t/t: morfema va qo‘shimchaning farqli belgilarini sanash) ? Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks (qarang) holatida boʻladi. Masalan, chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), ki (tepki), li (aqlli), chan (ishchan), la (tuzla), -illa (taqilla), lar (bolalar), rok, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.Morfemalar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar; soʻzning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi Morfemalar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi Morfemalar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Mas, daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa Morfemalar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida Morfema ishtirok etmasligi ham mumkin. "Morfema" termini va tushunchasini tilshu-noslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin Morfemaning I.A.Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor. 8.Qolip va hosilaning munosabati ? Inson ongida ham so‟zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so‟z birikmalari shakliga keltirish, gap hosil qilish qoliplari mavjud.asalan, kitobni o‟qimoq kabi cheksiz birikmalarni chiqaradigan [ot + fe„l] so‟z birikmasi qolipi, qanday nomlanmasin, bu uning mohiyatiga ta„sir qilmaydi. Qolip va nutqiy hosila (so‟z birikmasi va gap) lar dialektik birlikdadir. Qolip nutqiy hosilasiz o‟lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‟lishi mumkin emas.kishilarning erkin birikmalar hosil qilish ko‟nikmasi sifatida uzoq vaqtlar davomida shakllanadi. Bu ko‟nikmalar bo‟lmasa, inson birikmalar hosil qila olmaydi. Bunga quyidagi dalil asosida amin bo‟lishimiz mumkin. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o‟rganmoqchi bo‟lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko‟nikmasi - LSQ shakllanmagan bo‟lsa, o‟zbekcha kitob va o‟qimoq so‟zlarining ingliz tilidagi a book va to read muqobillarini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o‟zbek tiliga xos [ot + fe„l] qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o‟qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V+ the N] ko‟rinishida bo‟lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosilalar paydo bo‟ladi. 9.Tovushning sifat belgilari t/t: tovush kuchi, amplituda, balandligi, tembri, bo‘yoqdorligi) ? Tovushning sifat belgilari uchta bo’lib, ular tovush kuchi, balandligi va tembri bilan bog’liq bo’ladi. Tovush to’lqinining balandligi va kengligiga tovush kuchi deyiladi. To’lqinning paydo bo’lgan o’rni bilan pastga tushgan o’rni o’rtasidagi kenglik tuvush kuchini ko’rsatuvchi asosdir. Akustikada tovush to’lqinining balandlik va kenglik ko’lamiga amplituda deyiladi. Amplitudaning ko’lami qancha keng va katta bo’lsa, tovush kuchi ham shuncha ko’p bo’ladi. Tovush kuchi, odatda urg’u bilan bog’liq bo’ladi. Tovushning balandligi tebranishning vaqtga nisbatan bo’lgan miqdori bilan o’lchanadi. Uning o’lchov birligi gers deb ataladi. Gers tebranishning sekundga nisbatan o’lchovini belgilaydi. Tebranish qancha ko’p bo’lsa, tovush shuncha baland bo’ladi. Tovushning balandligi tebranishning zichligiga bog’liq bo’ladi. Tovushning o’igi xos ohangi, rangi yoki bo’yoqdorligi tovush tembri (fr. bo’yog’i) deyiladi. Tovush tembri asosiy tonlar bilan obertonlar (nem. qo’shimcha ohang) ning murakkab qo’shilmasidan iborat. Nutq tovushlarining tembri unli tovushlarga xos bo’lib, unlilar tembriga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 10.Tovushning miqdor belgilari (t/t: birlamchi cho‘ziqlik, ikkilamchi cho‘ziqlik, fonologik cho‘ziqlik) ? Tovush cho ‘ziqligi — tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi. Tovush cho'ziqligi ikki xil bo‘ladi; a) fonölogik cho‘ziqlik (birlamchi cho‘ziqlik). Bunday cho‘ziqlik, odatda, ma’no ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida «yilqi» m a’nosidagi «ot» so‘zi bilan «ism» ma’nosidagi «ot» so'zining ma’nolari shu so‘zlar tarkibidagi «o» unlisining cho‘ziqlik darajasi bilan farqlanadi; ot (ad — «yilqi»»), o:t (a:d — «ism») kabi; b) fonetik cho‘ziqlik (ikkilamchi cho‘ziqlik) - sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) cho‘ziqlik. Masalan, urg‘uli bo‘g‘indagi unli biroz cho'ziladi, ammo u so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilmaydi (atlas va atlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imon so‘zi boshidagi «i» cho‘ziqroq talaffuz etilganidan, unda bir «y» orttiriladi yoki shahar, zahar so‘zlarida «h»ning tushib qolishi natijasida ikki «a» yonma-yon kelib, bir cho‘ziq «a» tarzida talaffuz qilinadi (sha:ar, za.w kabi), ammo bu holat so‘z m a’nolarini o ‘zgartirmaydi. Izoh nutq tovushlarining balandligi, kuchi (intensivligi) va tembri ularning sifat belgilari sanaladi, tovushning cho‘ziqligi esa miqdor belgisi hisoblanadi.. 11.Nutq organlari (t/t: faol va passiv nutq organlari) ? Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1) nutq a’zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a’zolarining ijro kechimi. 1. Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, o'rni nazarda tutiladi. Bunday a’zolar quyidagi apparatlarga birlashadi: a) nafas apparati — o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko'krak qafasi (1-rasm ). Bu apparat a’zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo'lgan havo oqimini boshqa a’zolarga yetkazib beradi, shu ma’noda havo manbayi sanaladi; b) bo‘g ‘iz bo‘shlig‘i — traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho'michsimon, ponasimon, shoxsimon tog'aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a’zolar un. (ovoz) paychalaridir: Faol a ’zolar. 1 — lablar; 2 — tilning old qismi; 3 — tilning o 'rta qismi; 4 ~ tilning orqa qismi; 5 — til o'zagi; 6 — kichik til; 7 — yum shoq tanglay; 8 — halqum ning orqa qismi. Nofaol a ’zolar. 9 — old tom ondagi yuqori tishlarning uchi; 10 — old tom ondagi yuqori tishlarning orqa qismi; 11—12 — qattiq tanglayning old qismi; 13 — tanglayning o 'rta qismi; 14 — yum shoq tanglayning old qismi; 15 — yum shoq tanglayning orqa qismi. 12.Transkripsiya (t/t: diakritik belgilar, fonologik tarnskriptsiya)? Transkripsiya — fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlarning cho'ziq-qisqaligi, o'zakva morfemalar o'rtasidagi uyg'unlik kabi hodisalarni) yozuvda aniq ifodalash uchun qo'llanadigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og'zaki ijodi namunalarini, o'zga til matnlarini yozib olishda ham foydalaniladiTranskripsiyaning quyidagi ikki turi o'zaro farqlanadi:1. Fonetik transkripsiya. Transkripsiyaning bu turi fonetik prinsip asosida tuziladi — fonemaning talaffuzdagi har bir foniga alohida harf belgilanadi.O'zbek dialektologiyasida ko'proq rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda. 2. Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu turi faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan, unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, kir, qir (fonematik transkripsiya) - Kbr, (fonetik transkripsiya), KapaM, papaM (fonematik transkripsiya), Kdr&M, qaraM (fonetik transkripsiya). Fonem atik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo‘llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko‘p bo'ladi. 14.Lisoniy paradigma nima? (t/t: butun-bo‘lak, sistema-a‘zo, umumiylik-xususiylik) ? botanikada tar tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi sinf tushunchasi tarkibiga, s/w/tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya bo'lgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday bog'lanish gipo giperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo'lak) munosabati deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug'at boyligi ning yoxud undagi ayrim terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. Shu yo'l bilan tildagi leksemalaming paradigmalari (leksemalaming ma’no to'dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, «kiyim» mazmunli guruh a’zolari: telpak, ko'ylak, kastum, shim, tufH va h.k.lar; «o‘simlik» mazmunli guruh a’zolari: daraxt, buta, o't, suvo‘t va b.lar; «daraxt» mazmunli guruh a’zolari: terak, tol, qayrag'och, archa,qarag'ayva b.lar kabi. 15.Lisoniy munosabat deganda nimani tushunasiz? (t/t: paradigmatik munosabat, sintakmatik munosabat) ?kTil va nutq birliklari orasidagi muhim farqlardan yana biri til birliklarining tanlanishga imkon beradigan paradigmalarda, nutq birliklarining esa tanlanish asosida birin – ketinlikda birlashadigan hosilalar - sintagmalarda voqe bo‘lishidir. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Masalan, [a] fonemasi [o] fonemasini, [u] fonemasi [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [g‘] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim – unli va undosh tizimiga kiradi. Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy o‘xshash belgilarga ega bo‘ladi. Masalan, kelishik shakllarining umumiy belgisi “so‘zni so‘zga bog‘lash”, ammo ular farqli belgilarga ham ega bo‘luvi shart, ya’ni qaratqich kelishigi otni otga, tushum kelishigi otni fe’lga bog‘laydi. Yoki unli fonemalar “sof ovozga egalik” umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgilarga ham ega: [a] lablanmaganlik, [o] lablanganlik farqlovchi belgilariga ega. Umumiy belgilari asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har bir o‘ziga xos belgilari bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi p a r a d i g m a deyiladi. Paradigmani tashkil etuvchi birliklar paradigma a’zolari deb yuritiladi. Paradigmada kamida ikkita a’zo va ular bir lisoniy sathga mansub bo‘lishi shart. Bir paradigma a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat paradigmatik munosabat deyiladi.Chunonchi, otlarning egalik affikslari orasidagi paradigmatik bog‘lanishni ko‘raylik. Paradigma qatorida olti affiks bo‘lib, ularning har biri “narsa – buyumning shaxsga qarashliligi” ma’nosi ostida birlashadi. Ayni vaqtda ularning har biri o‘zining xususiy ma’nosiga ega, ya’ni ma’lum predmetning birlik yoki ko‘plikdagi shaxs turlaridan aynan biriga qarashlilikni ifodalash bilan bir-biridan farq qiladi va shu jihatdan o‘zaro oppozitiv sanaladi 18.Tasnif nima, uning qanday turlarini bilasiz? (t/t: noto‘liq tasnif, ortiqcha a‘zoli tasnif. 1.Tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi butunlikka mos kelishi. Masalan, fonemalar unli va undoshlarga, leksemalar mustaqil va nomustaqil leksemalarga, qo’shimchalar so’z yasovchi va grammatik qo’shimchalarga ajraladi. Agar tasniflangan guruhlar soni ancha ko’p bo’lsa «va boshqalar», va «va hokazo» tarzida sanashni tugatish xam mumkin. Masalan, fe’llarning mavzuiy guruhlari harakat fe’llari, nutq fe’llari, tafakkur fe’llari, yurish fe’llari va xokazo kabi. Bu qoidaning buzilishi quyidagi xatolarga olib keladi: a)noto’liq tasnifda turning barcha jinslari to’liq sanalmaydi. Masalan, «So’z yasovchilar, ot yasovchilar va fe’l yasovchilarga bo’linadi» kabi. Chunki so’z yasovchilar aytilganlardangina iborat emas. b)ortiqcha a’zoli tasniflar tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi butunlikdan katta bo’ladi. Masalan, «unlilar lablangan, lablanmagan va bo’g’iz turlariga ega». 19.Tilning moddiy (substansial) sathi deganda nimani tushunasiz? (t/t: fizik, fiziologik, akustik, funktsional) Tilning moddiy (substansial) sathi xususida. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substantsial) asos bo‘luvchi birliklarni beradigan sath sifatida ajralib turadi. Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari - tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: a)talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat); b)tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat); 20.Fonetikaning birligi nima? (t/t: tovush, tovush o‘zgarishlari) Fonetika va uning birligi. Fonetika deganda eng quyi lisoniy sath ham, tilshunoslikning shu sathni o‘rganadigan sohasi ham tushuniladi. Fonetika (gr.phonetikos - tovushga, ovozga xos) tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o‘laroq, nafaqat o‘rganish manbaining funktsional tomonini, balki nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini, shuningdek, ularning akustik xossalarini va til egalari tomonidan qabul qilinish jihatlarini ham tekshiradi. Fonetikada tilshunos-likning boshqa fan sohalari-adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu fanlardan farqli o‘laroq, fonetika tovushlarga so‘z, qo‘shimcha va gaplarga moddiy qiyofa beruvchi til tizimi unsuri sifatida qaraydi. Fonetika nutqdagi tovush o‘zgarishlari va almashinishini, urg‘u va uning turlarini ham o‘rganadi. Fonetikani o‘rganish imlo (orfografiya), to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) me’yorlarini yaxshi o‘zlashtirib olishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda, logopediya va surdopedogogikada nutqiy nuqsonlar diagnostikasi va ularni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega. Fonetika yutuqlari aloqa vositalarini tekshirish va ular samaradorligini oshirishda hamda nutqni avtomatik aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. 21.Fonetikaning qanday bo‘limlari bor? (t/t: umumiy, xususiy, qiyosiy, tavsifiy fonetika) 1. Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Mäsalan, barcha tillarda fonetik birliklaming fizik-akustik tabiati, anatomik fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-funksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fönologik oppozitsiyalar (zidlanishlar) va korrelatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo‘lgan bunday nazariy masalajarni ko‘rish umumiy fonetika predmeti sanaladi., 1972) kabi asarlarda berilgan.2. Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida m a’lumot beradi: o ‘zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o‘rganishda umumiy fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to‘plangan tajribalarga tayanadi.3. Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi: Download 20.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling