Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Тilga zo‘rovonlik yoki mashhur lingvistik jinoyatlar 
Zo‘rovon siyosat tilda ham o‘zining mash’um izlarini qoldirgan 
holatlar tarixda ko‘p. Ulardan eng mashhuri Buyuk Fransuz 
inqilobi davriga tegishli. Bu inqilobning muhim merosi, bir 
tomondan, erkin qomusiy fikrlashga keng yo‘l ochganligi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, tilni zo‘rlik bilan sindirishga ilk urinishlarni 
amalga oshirganligi. Inqilob hukumati an’anaviy oy nomlari
murojaat ifodalaridan voz kechish siyosatini qo‘llagan. Masalan, 
rasmiy murojaat uchun sitoyen (“shaharlik”) ifodasini qo‘llash 
majburiyligi belgilab qo‘yilgan. 
Rossiya inqilobchilari ham faranglardan qolishmadi. Ularga 
taqlidan Rossiyada 1917-yilgi Fevral inqilobidan keyin grajdanin 
so‘zi rasmiy murojaat tusini oldi. So‘ngra tovarish so‘zi ham 
ommalashtirildi. Eronda Islom inqilobidan keyin birodar so‘zi 
shunday taqdirga ega bo‘lgan. Bu so‘zlarning barchasi rasmiy 
bo‘yoqdor bo‘ldi, lekin jonli til xazinasidan joy olmadi. 
22


O‘tgan asrning 60–70 yillarida grajdanin, o‘rtoq so‘zlari o‘z 
yo‘nalishini o‘zgartirdi – sobiq sovet rejimi davrida mahbuslar, 
mahkumlar huquq-tartibot xodimlarini o‘rtoq emas, balki 
grajdanin so‘zi bilan atash shart qilib qo‘yildi. 
Buyuk Fransuz inqilobi davriga kelib, fransuz tilidagi ozodlik, 
shuhrat, vatan so‘zlari har doim qurbonlik talab qiladigan, qonga 
tashnalik mohiyati bilan yo‘g‘rildi. Xalq dushmani atamasi 
Fransiyadan keyin sobiq SSSRda xalqni, millatni mustaqil, ozod 
ko‘rishga intilganlar uchun tavqi la’nat mazmunini kasb etdi. 
Bunday holatni Germaniyada reyx dushmani, Eronda islom 
dushmani birikmalari misolida ham ko‘rish mumkin. 
Germaniyadagi natsistlar hukumati 1936-yil 22-avgustda 
barcha rasmiy hujjatlarda o‘lgan nemis askarlarini “halok bo‘lgan” 
(gefallenen) deb emas, balki “o‘ldirilgan” (ermordeten) deb 
rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. Bu “nemis askari vijdonli 
dushman bilan bo‘lgan urushda halok bo‘lmadi, balki vijdonsizlar 
tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi” degan g‘oyani ifodalash uchun 
xizmat qilishi mo‘ljallandi. Fashistik rejimda volk (“xalq”), deutsch 
(“nemis”), blut (“qon”), boden (“tuproq”) so‘zlari vermaxt 
natsional-sotsializmining 
asosiy 
tushunchalari 
sifatida 
rasmiylashtirildi. 
SSSR 
tarixi 
darsliklari 
Rossiya 
imperiyasi 
egallagan 
hududlarga nisbatan tarixiy haqiqatga zid ravishda “bosib olish” 
so‘zi o‘rniga “qo‘shib olish” ifodasini rasmiylashtirdi.
SSSR qo‘shinlari Afg‘onistonga bostirib kirgach, sovet 
mafkurasi afg‘on qarshilik harakati a’zolariga nisbatan dushman 
so‘zini rasmiylashtirdi. Holbuki, mantiqan, bu so‘zning bostirib 
kirgan tomonga nisbatan istifoda qilinishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
Amerika Qo‘shma Shtatlari Vyetnam urushi davrida tilni 
suiiste’mol qilishning o‘ziga xos namunalarini ko‘rsatdi. Urush 
AQSH hududidan ancha yiroqda bo‘lganligi uchun mamlakat 
jamoatchiligini tinchlantirish maqsadida harbiy ma’muriyat qator 
evfemistik vositalarning OAVda qo‘llanishini rasmiylashtirgan. 
Masalan, appeasement (“tinchlantirish”) so‘zi “butunlay tor-mor 
qilish”, self protektion (“o‘zini himoya qilish”) birikmasi 
“bombardimon qilish”, friyendli fire (“do‘stona olov”) qurilmasi 
23


“bilmasdan o‘z tomonidagilarni otib qo‘yish” ma’nosida evfemistik 
qo‘llanib, manipulyativ maqsadlarga bo‘ysundirilgan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling