Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
3-§. Til birliklari 
 
Tayanch tushunchalar 
til, lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, UMIS, AHVO 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, 
hosila
 
Til lison va nutqdan iborat bo‘lganligi sababli lisoniy va nutqiy 
sath birliklarini umumlashtirib, til birliklari deyish mumkin. 
Fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila 
til birliklaridir.
Fonema va tovush. Fonema – eng kichik lisoniy birlik. 
“Ma’no farqlash” vazifasini fonemaning mazmuniy jihati deyish 
mumkin. Demak, fonemaning ma’no farqlashi deganda, turli 
fonemalarning nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan nutq tovushlarning 
ma’no farqlashi tushuniladi. Boshqacha aytganda, fonema o‘zining 
nutqiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tovushlari vositasida ma’no 
farqlaydi. Fonema muayyan til egalarining bir turdagi tovushlar 
(masalan, nutqdagi ko‘plab а tovushlari) haqidagi umumiy 
tasavvuridir. Fonema ongda yakka holda, ajralgan tarzda mavjud 
bo‘ladi. Ya’ni, masalan, [a] fonemasi hech qachon boshqa fonema 
bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin emas. Har bir fonema 
so‘zlovchilar ongida bir turdagi tovushlarning umumiy “akustik-
artikulyatsion portreti” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi.
34


O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslar ongida tovushlarning 30 ta 
tipi – fonema haqida ma’lumot bor. 
Fonemaning nutqda voqelanishi tovushdir. Nutqdagi barcha til 
birliklari tarkibidagi ovozli til hodisasi nutq tovushi hisoblanadi.
Tabiatdagi tovushlar uch xil: fizik, biologik va nutq tovushi
Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, u 
havoning siqilishidan hosil bo‘ladi. Biologik tovush jonli 
mavjudotga xos va tiriklik bеlgisidan biri. Hayvon va parrandaning 
ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushlari: qiyqiriq, xurrak, 
kulgi, yig‘i ovozi.
Nutq tovushi faqat insonga xos bo‘lib, uch xil xususiyati bor: 
1) ijtimoiy tabiatga ega; 
2) ma’no farqlaydi; 
3) nutq hosil qiladi. 
Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog‘liq ravishda vujudga 
kеlganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy tabiatga 
ega dеyiladi.
Ma’no farqlash xususiyati dеganda bir tovush o‘rni boshqa 
tovushga bеrilsa, so‘z va qo‘shimcha ma’nosi farqlanishi, ya’ni 
boshqa so‘z va qo‘shimcha vujudga kеlishi tushuniladi: bosh  

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling