Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
bеsh – bo‘sh; ko‘r – so‘r – bo‘r; ko‘l – ko‘r – ko‘z; -chi – -ni – -
gi kabi. Bir tovushning ikki xil varianti bo‘lishi mumkin. Masalan, maktab so‘zidagi a tovushi til oldi, qalam so‘zidagi birinchi a til orqa talaffuz etiladi. Lеkin bundagi til oldi tovushini til orqa tovushi bilan almashtirsak, baribir o‘sha so‘z, ma’no qolavеradi. Dеmak, o‘zbеk tilida ikkita – til oldi va til orqa a tovushi yo‘q, ular bir fonemaning ikki variantdir. Nutq tovushi so‘z va qo‘shimchalar tarkibida bo‘lsa, fonema o‘zaro ajralgan holda ongda mavjud bo‘ladi. Tovush nutq hosil qilishi lozim. Bir qarashda bir-ikki oylik chaqaloq a, b, d kabi tovushni talaffuz etgandеk tuyuladi. Lеkin u nutq, ya’ni so‘z, gap hosil qilishda ishtirok etmaganligi bois nutq tovushi emas, biologik tovush hisoblanadi. Tovush ba’zan so‘z va qo‘shimchaga teng bo‘lishi mumkin: U keldi. Bu Salim-a? Tahlilda bu ajratilgan birliklar fonetik 35 jihatdan bir tovush, leksik jihatdan so‘z yoki morfemik jihatdan qo‘shimcha sanaladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Fonetik hazil Tilning tilsimoti – haqning qudrati, Undagi har unsur hikmatga ega. Har bitta birlikka vazifa tayin, Istalgan vosita qiymatga ega. Bilsangiz, unlilar tizimchasini, Oltovlon birlashgan bir vujud erur. Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda, Haqiqat amri-la ul mavjud erur. Har bitta unlida ikki belgi bor, Juftlik tamoyili ularga tandir. Baqamti yashaydi zotiy belgilar, Bir unli ul juftga ayni vatandir. Lablangan har birlik lablanmagandan Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida. Quyimi, o‘rtami yoki yuqori – Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida. Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir. Belgilarning soni o‘zgarsa, balki, Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir. Tilning fonetik sathi eng barqaror sath hisoblanadi. Ming yillarda ham sath birliklari tarkibida o‘zgarish bo‘lmaydi. Leksik va grammatik sathlar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Lekin fonetika o‘ta barqarorligi bilan xarakterlanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling