Baxtiyor mengliyev


Mantiqiy mushohada uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
36


Mantiqiy mushohada uchun 
1.Tilda nega boshqa tillardan nutq tovushi o‘zlashtirilmaydi? 
2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz 
qiladi. Nega biz uni fonetik o‘zlashmaga misol qilmaymiz? 
3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi? 
4.O‘zbeklarning o‘zga tillar fonetikasini o‘zlashtirishi nisbatan 
yengil kechadi. Buning sababi nimada? 
Leksema va so‘z. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, 
ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. 
Leksema borliq hodisalarini nomlab, ularni kishilarning muloqoti 
uchun tayyorlaydi. Til egasi sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech 
bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan nomlanadi.
Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini 
leksema ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning 
fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining 
boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ham 
leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga tenglashtirilmaydi: 
Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq 
mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda 
tutishgan.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
So‘z ta’rifida 
So‘z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek 
qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi. To‘rt sadaf 
ichidagi gavharga quti ham shu so‘z, yetti qavat osmon 
yulduzlarining burjlari ham shu so‘zdir.
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim 
unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyoda bor barcha ko‘ngillarning 
qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho 
gavhardir.
Agar til bamisoli bir po‘lat xanjar bo‘lsa, so‘z unga qadalgan 
injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari 
unga qo‘ngan shabnamlardir.
So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan 
tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin. Yaxshi so‘z bilan o‘lganni 
37


tiriltira olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini “Jonbaxsh” degan 
laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan; Jabroil 
ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi 
darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani 
uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi. 
G‘uncha og‘izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib 
turib olsa, uning mayday totli la’li lablari aqlni mast qilsa, mastlik 
u yoqda tursin, mayparast qilib qo‘ysa ham, tashqi ko‘rinishi bilan 
osmondagi oy bo‘lsa ham, devordagi surat bilan uning ko‘rinishi 
o‘rtasida farq yo‘q. 
Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylarni ijro etib, kuyda 
qancha yaxshi takrorlar, mashqda qancha yaxshi naqarotlar 
bo‘lmasin, tushungan odamlar undan to‘la qanoatlanadilar. Kuy 
ijrosi cho‘zilib ketsa, ularga malol ham keladi. Bu kuy orasida 
joyini topib, Navoiy so‘zi bilan bir g‘azal ashula qilib aytilsa, 
so‘zlar olov purkab, tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda 
sen bazmdagi to‘polonni ko‘r! Mayxonadagi g‘avg‘olarni tomosha 
qil! Yoqa yirtish qanday bo‘lishini ko‘r, fig‘on tortib, o‘zini 
o‘ldirganlarga boq!
Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon 
dengizidagi haqiqiy durdona deb bil
6
!

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling