Baxtiyor mengliyev


nisholdachi kabi) bitta, bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy  birlik (masalan, [narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

nisholdachi kabi) bitta, bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy 
birlik (masalan, [narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum 
bilan shug‘ullanuvchi kishi], ya’ni so‘z yasash qolipining nutqiy 
hosilasi. Kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash 
cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) 
bilan birgalikda [ot
tushum kelishigi 
+ Fe’l = vositasiz to‘ldiruvchili 
fe’lli birikma] lisoniy sintaktik qolipi asosida hosil qilingan nutqiy 
birlik. 
40


Qolip miqdoran cheklangandir. Masalan, o‘zbek tilida so‘z 
birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va 
nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi (bu 
haqda “So‘z birikmasi” bo‘limida batafsil bayon etiladi). 
Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi shakl va mazmun 
yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan 
chap qismi shakliy, o‘ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. 
Qolipning [sifat + ot] tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham 
xato emas. Chunki, masalan, [mi] morfemasi misol sifatida 
olinganda, uning grammatik ma’nosi, [kitob] leksemasi haqida fikr 
yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi (masalan, [–
chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema], [kitob = 
varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki 
qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip 
haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish kifoya 
qiladi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Rimliklar bahsi 
Darsliklar har doim ham sevimli bo‘lavermaydi. Lekin rus 
olimi Aleksandr Aleksandrovich Reformatskiyning rus tilidagi 
“Tilshunoslikka kirish” kitobi, mana, bir necha talabalar avlodining 
sevimli darsligiga aylanib qolgan va shunga munosib ham. Uning 
til birliklari tavsifi bag‘ishlangan bir parchani keltirish bilan 
fikrimizni asoslaymiz. 
“Til strukturasiga qanday birliklar kirishini aniqlash uchun 
quyidagi tahlilni keltiramiz: ikki nafar rimlik “kim eng kichik 
jumla ayta oladi” degan masalada bahslashib qolishibdi. Shunda 
biri debdi: 
Eo rus (“Men qishloqqa!”). 
Ikkinchisi debdi: 
I (“Boraver”)! 
Bu eng kichik, shu bilan birga, barcha jumlalarga xos belgilarga 
ega bo‘lgan to‘la ma’nodagi tugal jumla. Xo‘sh, bu jumlaning 
elementlari qaysilar? 
41


1) 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling