Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qolip va hosila.
grammatik morfemalar guruhi mavjud. Ularning nutqdagi
ko‘rinishlari lison va nutq bo‘linishiga mos ravishda so‘z yasovchi qo‘shimcha va grammatik qo‘shimcha deb nomlanadi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Yana tilning sistemaviyligi haqida Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi fanga qisqacha kirish” kitobida yozishicha, so‘z leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi kerak. Birinchidan, grammatik qism ushbu ma’nosi bilan boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib kelaverishi kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga -im qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im, tirnog‘im, barmog‘im, sochim, 39 kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi. Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim so‘zidagi -im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi -im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi. Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina grammatik shaklga ega bo‘la olmaydi. Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi. O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi. Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik aloqa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Masalan, leksema faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi. Qoliplar ikki xil bo‘ladi: a) so‘z yasash qolipi; b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip. So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z yasayvermaymiz. Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling