Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Hazrat Navoiy so‘z istilohini qaysi o‘rinlarda til ma’nosida 
qo‘llagan?
2.Mutafakkir to‘rt sadaf deganda nimani nazarda tutgan? 
3.“Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni 
jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb bil” jumlasida dur, 
durdona, jahon dengizi so‘z va birikmalari nimaga nisbatan 
qo‘llangan?
Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga 
ham ega. Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent 
6
Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” 
38


deb ataladigan, borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni 
ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi. У semema deyiladi.  
Leksemaning mazmuni bo‘lgan sememani tashkil etuvchi qism 
sema deyiladi.
Morfema va qo‘shimcha. Morfema – grammatik ma’no 
ifodalaydigan yoki so‘z yasaydigan lisoniy birlik. Qo‘shimcha – 
morfemaning nutqda namoyon bo‘lishi, UMISning AHVOga 
aylanishi. Esda tutish lozimki, yasalgan leksemalar tarkibidagi 
yasovchilar, garchi leksema lisoniy sathda bo‘lsa ham, morfema 
emas, balki qo‘shimcha deyiladi. 
Morfema ham tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlar 
yaxlitligidan iborat. Morfema o‘zining nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan 
qo‘shimchalar 
orqali 
ifodalanadigan 
ko‘plab 
ma’nolarning 
umumlashmasini, 
“mag‘zi”ni 
o‘zida 
(lisonda) 
saqlaydi. 
Morfemaning mazmuniy tomoni grammema, grammemaning 
nutqiy voqelanishi grammatik ma’no deyiladi. Masalan, [-ni
tushum kelishigi morfemasining grammemasi – “oldingi mustaqil 
so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu 
morfema nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida 
voqelangan bo‘lib, uning mazmuniy tomoni – “oldingi kitob 
so‘zini keyingi o‘qidim so‘ziga tobelash” grammatik ma’nosidir. 
Lisoniy sathda so‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar va 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling