Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salim... kitobi
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Sistema shartlari Sistema o‘zaro munosabatlarga kirishgan elementlar yaxlitligidir. Sistema tarkibidagi elementlarning belgilari uch turga bo‘linadi: 1.Sistemani tashkil etuvchi belgilar. 48 2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar. 3.Sistemaga betaraf belgilar. Buni hayotiy bir dalil bilan asoslaymiz. Deylik, oila bir sistema. Uning tashkil etuvchilari, ya’ni elementlari ayol va erkak. Ayol va erkak (elementlar) quyidagi belgilarga ega bo‘ladi: 1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: turli jinsga mansublik. 2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: erlik va xotinlik. 3.Sistemaga betaraf belgilar: bu har bir oila sistemasida o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Har bir oila o‘ziga xos alohida sistema bo‘lganligi sababli ularni tashkil etuvchi elementlarning yuqorida aytilgan uch belgisi ham o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir oila uchun diniy e’tiqod birinchi belgi bo‘lsa, u boshqa oila uchun uchinchi belgi bo‘lishi mumkin. Til sistemasi, uning ichki sistemalari ham xuddi shu qonuniyat asosida qurilgan. Lisoniy paradigma haqida. Paradigma haqidagi ilk tasavvurimizni shakllantirish uchun borliqdagi bir dalilga murojaat qilamiz. Qo‘limizda bir shoda har xil kalit bor. Qulfni ochish uchun ularni birma-bir qulfga tiqib ko‘ramiz. Natijada bittasi tushadi va qulf ochiladi. Ana shu kalitlar shodasini paradigmaga qiyoslash mumkin. Kitob... berdi gapi bamisoli qulf. Uning teshiklariga kelishiklardan biri tushadi. –ning, -ni, -da qo‘shimchalarini birma- bir qo‘yib ko‘ramiz. Qurilmaga tushum kelishigi shakli –ni tushadi. Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar sistemasi paradigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma – “misol”, “namuna” degan ma’nolarni bildiradi) 8 . Har qanday lisoniy sistema, bir vaqtning o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik kategoriyalar ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri. 8 Paradigma so‘zi – omonim termin. U “yo‘nalish”, “soha” ma’nosida ham ishlatiladi: Lingvokulturologiya – tilshunoslikning yangi paradigmasi kabi. 49 Paradigmani tashkil etuvchi lisoniy birlik paradigma a’zosi deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zodan iborat, ular, asosan, bir lisoniy sathga mansub bo‘ladi. Ferdinand de Sossyur lisoniy paradigma tarkibidagi, boshqacha aytganda, lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir- birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatini lisoniy birlik uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan. Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1) paradigmadagi bitta birlik tilga olinganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa a’zo ham eslаnishi (masalan, bir kelishik shaklining boshqa kelishik shakllarini, bir ma’nodosh birlikning ma’nodoshlik qatoridagi boshqa birlikni eslatishi kabi); 2) muayyan nutq sharoiti uchun o‘zaro paradigmatik munosabatda turgan birlikdan, ya’ni paradigma a’zolaridan bittasi tanlanishi (masalan, Salim... kitobi birikmasi uchun kelishiklar paradigmasidan qaratqich kelishigining olinishi); 3) bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har biri ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi (masalan, tushum va jo‘nalish kelishiklari “oldingi so‘zni keyingi fe’lga tobelash” vazifasini bajarishda o‘xshash, lekin biri “vositasiz to‘ldiruvchi sifatida tobelash”, ikkinchisi “vositali to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi bilan farqlanadi); 4) paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir- birini ma’lum holatda almashtira olishi, o‘rnini egallashi (masalan, Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling