Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Tarkibi 
Mavhum sistema 
Muayyan sistema 
[ruboiy] 
“G‘urbatda g‘arib...” 
Element 
1)vazn (hazaj bahri) 
2)qofiya (a-a-b-a yoki 
a-a-a-a) 
3)hajm: (to‘rtlik) 
4)g‘oya: (falsafiy, 
axloqiy, ta’limiy) 
1)hazaj bahri axram 
shajarasi 
2)a-a-b-a 
3)to‘rtlik 
4)erk 
Munosabat 
Bog‘lanish 
Bog‘lanish 
Farqlar asosida sistemalarning o‘ziga xos xususiyatlari kelib 
chiqadi: 
Mavhum sistema 
Muayyan sistema 
[ruboiy] 
“G‘urbatda g‘arib...” 
Nomoddiy 
Moddiy 
Ongda 
Ongdan tashqarida 
Elementlari geterogen (har xil) 
Elementlari geterogen (har xil) 
Elementlari orasida bog‘lanish 
munosabati mavjud 
Elementlari orasida bog‘lanish 
munosabati mavjud 
Ko‘rilganidek, ayrim mavhum sistemalarning borliqda nusxasi 
bo‘lsa (masalan, kitob leksemasining nusxasi kitob so‘zi, ruboiy 
sistemasining nusxasi muayyan bir ruboiy), boshqasi nusxasiz 
bo‘ladi (masalan, kelishik sistemasi, adabiy turlar sistemasi). 
Aniqrog‘i, nutqda kitob so‘zi mavjud, lekin oltita kelishik 
yaxlitligidagi nutq hodisasi, adabiy turlar sistemasining nusxasi 
bo‘lgan badiiy hodisa yo‘q. Nusxali mavhum sistemani prototipli 
47


sistema, nusxasiz sistemani prototipsiz sistema sistemasi) deyish 
ham mumkin. 
Tilda assosiativ munosabat. Sistemadosh (bir sistemaga 
mansub) lisoniy birliklar bir-birini eslatib turadi. Shu boisdan ular 
jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. 
Masalan, [a] fonemasi [o] fonemasini, [u] fonemasi [o‘
fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Umuman olganda, 
bir unli boshqa unlini eslatadi. Bu ushbu unlilarning bir sistemaga 
kirishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu fikr undosh fonеmalarga ham 
taalluqli. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini 
eslatmaydi. Chunki ular ikki sistema – unlilar va undoshlar 
sistemasiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar sistemasida, undoshlar 
esa undoshlar sistemasida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a
fonemasini eslatishi o‘z sistemadoshi bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari ichki, mikrosistema hosil 
qilib, birgalikda boshqa fonema juftliklarini eslatadi. Bir-birini 
eslatib turish assosiativ munosabat deyiladi.
Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz
leksemasi, bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi 
birliklarni, ikkinchi tomondan, [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], 
[lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki sistemaning a’zosi 
ekanligini namoyon qiladi. 
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi-
xususiyatga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularni 
birlashtiruvchi, bir sistemada “ushlab turuvchi” belgilari sanaladi. 
Masalan, unlilar “sof ovozga egalik” umumiy belgisi ostida 
birlashadi. Ammo ular farqli belgiga ham ega bo‘lishi shart. 
Masalan, bu sistemada [a] “lablanmaganlik”, [o] “lablanganlik” 
farqlovchi belgisiga ega, “kenglik” belgisi esa ularni birlashtiradi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling