Baxtiyor mengliyev


fonetik  (yoki  fonetik-fonologik)  paradigma


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

fonetik 
(yoki 
fonetik-fonologik) 
paradigma deyiladi. 
Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar 
lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, antonimik, 
graduonimik qatorga birlashgan leksemalar sistemasi, alohida 
lug‘aviy 
guruhlar 
leksik 
paradigmalardir. 
Ular 
yuqorida 
paradigmaga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. Lug‘aviy-
mavzuviy to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon, so‘z turkumlari ham 
yirik (makro) paradigmani tashkil etadi.
51


Morfologik kategoriya (morfologik shakllar sistemasi) – 
morfologik paradigmadir.
Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi. 
Sintaktik paradigma ikkiga – gap paradigmasi va so‘z birikmasi 
paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda 
gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga 
bo‘linadi.
Paradigmatik munosabat, assotsiativ munosabat tushunchalari, 
odatda, sinonim ifodalar sifatida qo‘llanadi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sinonimlar paradigmami? 
Bir-biriga sinonim bo‘lgan so‘zlar tizimini paradigma deyish 
mumkinmi? Masalan: Boqmoq, qaramoq, nazar tashlamoq, nigoh 
solmoq... kabi. Albatta, yo‘q deb javob beramiz. 
Bir-birini almashtiruvchi paradigma a’zolari pozitsiya, qay 
o‘rinda kelishi bilan shartlangan bo‘ladi. O‘rin, pozitsiya – mana 
paradigma uchun nima muhim! Shuning uchun paradigma 
a’zolarining miqdori cheklangan va aniq bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zi 
olimlar o‘zbek tilidagi kelishiklarni ba’zan 7 ta, ba’zan 8 ta 
deyishadi. Bu paradigmaning xususiyati bilan emas, balki ilmiy 
yondashuvlarning tabiati bilan bog‘liq. Bunga qarama-qarshi 
o‘laroq, sinonimlarning aniq miqdorini hech kim ayta olmaydi. 
Kontekstual sinonimlar qo‘shiladigan bo‘lsa, bu yana qiyinlashadi. 
Albatta, sinonimlar matn bilan juda bog‘liq va ularning har biri 
alohida pozitsiya uchun xoslangan. Lekin sinonimlarni har holda 
almashtirsa bo‘ladi. Shuningdek, ularning denotatlari (borliqda 
ifodalaydigan hodisalari) ham bitta. Shu bilan birga, ularning 
qo‘llanishi til jamiyati tomonidan belgilanmagan, balki alohida 
so‘zlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi sinonimik qatorni 
qat’iy tartib asosida tashkil topgan, a’zolari aniq pozitsiya bilan 
bog‘langan paradigmadan farqlashga asos bo‘ladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling