Baxtiyor mengliyev
Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
- Sintagmatik munosabat
Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonim, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponim deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonimdir. Paradigmatik munosabatga kirishayotgan birliklar teng qiymatli bo‘lsa, pog‘onali munosabatga kirishayotgan birliklar o‘zaro “kattaning kichikka”, “tashqining ichkiga”, “butunning bo‘lakka” munosabatini o‘zlarida ifodalaydi va teng qiymatli bo‘lmaydi. Mantiqiy mushohada uchun 1. Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1. Dilshod – odam. 2. Odam – Dilshod. Fikringizni asoslang. 2. Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? 1.O‘rik abrikosdir. 2.Abrikos o‘rikdir. Fikringizni asoslang. 3. So‘fi Olloyorning “sifot (Haqning) zoti emas, na g‘ayri zoti” misrasining mag‘zini chaqing. Sintagmatik munosabat. Yana yuqoridagi qulf va kalitlar haqidagi misolga qaytamiz. Kalitlararo munosabat paradigmatik munosabatga qiyoslangan edi. Qulf va kalit orasidagi munosabat sintagmatik munosabatga o‘xshaydi. Kitob... berdi gapi tarkibiga kirgan tushum kelishigi shakli kitob so‘zi bilan sintagmatik munosabat asosida sintaktik aloqaga kirishgan. Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob] leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud. Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish, biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim- tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu 62 imkoniyat kitobni o‘qimoq, o‘qilgan kitob, Kitob o‘qildi nutqiy hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan. Demak, sintagmatik munоsabat va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar deb ham, shuningdek, bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik munosabat va sintaktik aloqa butun- bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa – sintagmatik munosabatning bir ko‘rinishi. Demak, lisoniy birliklarning shartli vertikal aloqasi paradigmatik munosabat bo‘lsa, gorizantal aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling