Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1. Avtomobil sistemasi elementlarining o‘zaro munosabati 
paradigmatik munosabatga misol bo‘ladimi yoki sintagmatik? 
2. Matn ikkita sodda gapdan iborat. Ular orasida munosabat-
ning qaysi turi mavjud? 
3. Mavhum sistema va aniq sistema munosabatlari jihatidan 
qanday farqlanadi? 
 
Savol va topshiriqlar 
1.Munosabat tushunchasini sharhlang. 
2.Paradigmatik munosabat va uning turlari haqida gapiring. 
3.Iyerarxik munosabat nima va uning qanday turlari bor? 
4.Sintagmatik munosabat haqida gapiring. 
 
Test 
1.Qaysi belgi paradigma a’zolariga xos emas? A) o‘tkinchilik 
B) barqarorlik S) umumiy belgiga egalik D) farqlilik. 
2.Paradigmatik munosabatda zarur belgi: A) o‘xshashlik va 
farqlar B) farqlar S) o‘xshashliklar D) farq va tafovutlar. 
3.Iyerarxik munosabatda zarur belgi: A) “...ga kiradi, ...dan 
iborat” B) tenglik va o‘xshashlik S) tobelik va farqlilik D) tobelik. 
4.Sintagmatik munosabatda zarur belgi: A) imkoniyatlilik B) 
voqelanganlik S) hodisaviylik D) xususiylashganlik. 
63


Glossariy 
munosabat – mavhum sistema elementlari orasidagi 
o‘xshashlik va farqlilik hamda aniq sistemalar elementlari 
orasidagi bog‘liqlik va uyg‘unlashuv
paradigmatik munosabat – paradigma a’zolari orasidagi 
birlashish (o‘xshashlik) va farqlanish(farqlilik) munosabati 
sintagmatik munosabat – aniq sistema elementlari orasidagi 
moslashish, bog‘lanish va uyg‘unlashish munosabati 
pog‘onali munosabat – sistema elementlari orasidagi o‘z 
ichiga olish munosabati 
partonimik munosabat – butunning qismga, qismning 
butunga aloqadorlik munosabati 
giponimik munosabatjinsning turga, turning jinsga 
munosabati 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling