Baxtiyor mengliyev


a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi. 
Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik” 
66


belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik 
ziddiyat, 
qarshilanayotgan 
fonemalar 
ziddiyat 
a’zolari, 
“lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir. 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Tafovut, farq, ziddiyat va qarama-qarshilik so‘zlarining 
ma’no farqlarini aniqlang. 
2.Bu so‘zlarning darajalanish qatorini tuzing va darajalanish 
belgisini toping. 
Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan 
eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. 
Ziddiyat a’zolari orasidagi qarama-qarshilikning xususiyatidan 
kelib chiqqan holda ziddiyatning:
a) noto‘liq (privativ) ziddiyat
b) teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat; 
e)muntazam (proporsional) ziddiyat 
d) darajali (gradual) ziddiyat kabi turlari farqlanadi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890 – 1938) 
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy Moskvada tug‘ilgan. Uning 
ota-onasi ham taniqli olimlar bo‘lishgan. Nikolay bolalikdan 
olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15 
yoshida e’lon qilgan. Moskva davlat universitetini tamomlagan 
bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar urushi sababli, xorijga ketishga 
majbur bo‘ldi. U va muhojir hammaslaklari birgalikda Pragada 
tilshunoslik maktabiga asos soldi va maktab tilshunoslik tarixida 
“Praga lingvistik to‘garagi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Zamonaviy tilshunoslikka Nikolay Sergeyevich Trubetskoy 
tomonidan olib kirilgan “ziddiyat” (“oppozitsiya”) tushunchasi 
lisoniy sistemalarning mohiyatini tushuntirishda katta ahamiyat 
kasb etdi. Trubetskoy talqinicha, fonema juftliklari ma’lum bir 
barqaror belgilari asosida qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p], 
[a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari bitta ham, 
ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Masalan, [a] ~ [o] unlilari bir belgi 
67


bilan qarama-qarshi turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] 
unlilari orasida “lablanmaganlik/lablanganlik” va “keng-torlik” 
belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud. 
N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan 
g‘oyalar tilshunoslikda yangi yo‘nalish va oqimlar shakllanishiga 
sabab bo‘ldi. Sossyurdan keyingi ko‘plab tilshunoslardan farqli 
ravishda u “til til uchun”, “til o‘zida” tamoyili changaliga tushib 
qolgani yo‘q. Olim har doim tilni til va jamiyat, til va madaniyat 
tamoyillari asosida tadqiq qildi. Bejiz 1929-yilda N.S.Trubetskoy 
va R.О.Yakobson tomonidan yozilgan “Praga lingvistik to‘garagi 
tezislari”da shunday deyilmagan: “lingvistik tahlilga aniq amaliy 
maqsadlarni ko‘zlagan funksional nuqtayi nazardan yondashmoq 
kerak.” 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling