Baxtiyor mengliyev


“lug‘aviy ma’no ifodalay olish”


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

“lug‘aviy ma’no ifodalay olish” 
mustaqil leksemalar (+) 
nomustaqil leksemalar (0) 
Noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo 0 (nol) belgisini olishi 
kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega 
edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. 
Yo‘q, aslida bunday emas. Chunki nomustaqil leksema goh 
lug‘aviy ma’no ifodalash, goh ifodalamaslik xossasiga ega emas. 
Ziddiyatning ikkinchi a’zosi (+) belgisiga egami? U (ya’ni mustaqil 
leksemalar) hamisha «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» belgisiga ega 
bo‘lib, boshqa xil vazifada qo‘llana olmaydimi? Yo‘q, u bunday 
xususiyatga ega emas; oldingi ziddiyatda ko‘rib o‘tganimizdek, 
mustaqil leksema “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” belgisiga ega 
bo‘la oladi, () belgisiga ham ega. Demak, keyingi “ziddiyat” 
noto‘liq ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birlikning mohiyatini
ya’ni substansial tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda 
69


“sun’iy” ziddiyat kelib chiqadi. Boshqa ziddiyat kabi noto‘liq 
ziddiyat ham obyektiv va bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas. 
Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq, shuning 
uchun uning imkoniyati tor, kuchsiz a’zoning belgisi noaniq, 
shuning uchun imkoniyati keng ekanligini esda tutish lozim. 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning imkoniyati tor va 
kuchsiz a’zoning imkoniyati kengligini dalillang. 
2.Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq va kuchsiz 
a’zoning belgisi noaniqligini unlilar asosida dalillang. 
 
Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyat. Ekvipolent ziddiyatda 
ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga xos, ikkinchisiga xos 
bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga ko‘ra 
jarangli va jarangsiz undosh teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega 
bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling