Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
Noto‘liq 
ziddiyat
Noto‘liq 
(privativ) 
ziddiyatda 
qarshilanuvchi a’zolardan birida ziddiyat belgisi to‘liq va aniq, 
boshqasida esa noaniq namoyon bo‘ladi. Masalan, [bola] va 
[o‘g‘il] leksemalarini olaylik. Ular “erkak jinsli” deb atalgan 
ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il
leksemasi ma’no tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning ushbu 
belgiga munosabati aniq yoki “belgilangan” deyiladi va shartli 
ravishda (+) belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins 
belgisi aniq emas. Chunki uning ma’no tarkibida “er” yoki “ayol” 
(ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola so‘zi o‘g‘ilni 
ham, qizni ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning 
ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi “belgilanmagan” (noma’lum, 
noaniq, majhul) deyiladi va shartli ravishda (+/–) yoki (0) (nol) 
belgisi bilan qayd etiladi(10-jadval):
10-jadval 
“erkak” 
o‘g‘il (+) 
bola (0) 
Bu ziddiyatdagi aniq belgili a’zo kuchli a’zo, noaniq belgili 
a’zo esa kuchsiz a’zo ham deyiladi. 
Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathida amal qiluvchi muhim 
qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy 
grammatik ma’nosiga ko‘ra mustaqil va nomustaqil leksemaga 
68


bo‘lish privativlik asosida amalga oshiriladi. Bunda “lug‘aviy 
ma’no ifodalay olmaslik” noto‘liq ziddiyatning belgisi, ziddiyatda 
mustaqil leksema belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil 
leksema belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi (11-jadval): 
 
11-jadval
“lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” 
nomustaqil leksemalar (+) 
mustaqil leksemalar (0) 
Chunki mustaqil leksema lug‘aviy ma’no ifodalashi ham
nomustaqil leksema vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ot 
ko‘makchi, fe’l ko‘makchi, ko‘makchi fe’l va boshqalar o‘rni bilan 
nomustaqil leksema kabi lug‘aviy ma’nosiz ham bo‘la oladilar. 
Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir 
qarashda yuqoridagi ziddiyatda belgini “lug‘aviy ma’no ifodalash” 
deb ham, “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” deb ham qo‘yish 
mumkindek tuyuladi. Кeling, ziddiyat belgisini yuqorida 
qo‘yilganidek emas, balki “lug‘aviy ma’no ifodalay olish” deb 
o‘zgartirib ko‘raylik (12-jadval):
 
12-jadval

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling