Baxtiyor mengliyev


qo‘llash yoki biridan ikkinchisiga o‘tish tasnif izchilligiga


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

qo‘llash yoki biridan ikkinchisiga o‘tish tasnif izchilligiga 
putur yetkazadi. Masalan, ergashgan qo‘shma gapning an’anaviy 
tasnifida tasnif dastlab sintaktik belgi asosida (ega ergash gap, 
kesim ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap) 
boshlanib, semantik asos bilan davom etar va tugar edi: payt ergash 
gap, shart ergash gap, o‘rin ergash gap, to‘siqsiz ergash gap, natija 
ergash gap va h. Bunda tasnif dastlab sintaktik belgi asosida 
amalga oshirilib, ikkinchi bosqichda semantik tasnif amalga 
oshirilsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Masalan (13-jadval): 
13-jadval
Ergash gap 
Ega 
ergash 
gap 
Kesim 
ergash 
gap 
Aniqlovchi 
ergash gap 
To‘ldiruvchi 
ergash gap 
Hol ergash 
gap 
Hol ergash gap 
Sabab O‘rin Payt Shart Nati
-ja
To‘siq-
siz
Maq-
sad
Daraja-
miqdor
Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. 
Undoshlar til oldi, til o‘rta, til orqa, bo‘g‘iz, jarangli, jarangsiz 
turlardan 
iborat 
deyilgan 
tasnifda 
a’zolarning 
ayrimlari 
boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya’ni jarangli undosh til oldi 
undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‘rta undoshlari bir-
birini inkor etish xossasiga ega. 
Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim. Agar “kesim sodda 
kesim, murakkab fe’l kesim, murakkab ot kesimga bo‘linadi” 
tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki 
77


dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‘ngra fe’l va ot kesimga 
bo‘lish to‘g‘ri hamda izchil tasnifni beradi. 
Tasnifning bo‘lishdan farqi shundaki, bo‘lishda a’zolar 
guruhlanishi shart emas. Masalan, “lablanmagan unlilar i, e, a dir” 
deyish tasnif emas, balki bo‘lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‘lish 
uchun i yoki a guruh (sinf) bo‘lib, o‘z navbatida, yana bo‘linib 
ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan unliga 
bo‘lish tasnif bo‘lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‘lish 
oddiy bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas. 
Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi 
mumkin. 
Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: “fonemalar 
unli va undoshga ajraladi” deyilgani kabi. Politomik tasnifda guruh 
soni ikkidan ortiq bo‘ladi: “Grammatik qo‘shimcha lug‘aviy shakl 
hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi va lug‘aviy sintaktik 
shakl hosil qiluvchiga bo‘linadi” yoki “fe’llar nutq fe’llari, ruhiy-
holat fe’llari va h.k.” kabi. 
Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabgi 
bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. 
Masalan (14-jadval): 
14-jadval 
Fonema
Unli 
Undosh
Yuqori tor 
O‘rta 
keng 
Quyi 
keng 
Lab 
Til 
Bo‘g‘iz 
Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror sistema unsurlarini 
turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh 
fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va 
jarangsizga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshiga 
ajratish mumkin. 
Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial 
belgilariga ko‘ra yoki muhim bo‘lmagan zohiriy xossasiga 
asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi 
tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning ichki, barqaror 
belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi. 
78


Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‘lmagan xossasini 
bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, “so‘zlarning bo‘g‘in 
sonlariga ko‘ra tasnifi (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlar)”, “unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra tasnifi” va 
h. 
Tasnif 
izchilligi 
– substansial yondashuvning asosiy 
talablaridan biri. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling