Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Tilshunoslikning o‘rni 
Qadimda ko‘plab sharq donishmandlari fanlarni tasniflash bilan 
shug‘ullanishgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy ham o‘z 
davridagi fanlarni tasniflashga ayricha yondashgan. Bunda u o‘z 
davrida fanlarga qanday munosabatda bo‘linganligiga tayangan. 
Mutafakkir fanlarni shu tarzda joylashtirganki, unga ko‘ra tartib 
sodda va tushunarli fanlardan boshlanib, qiyiniga qarab yo‘l olgan. 
Birinchi fanni o‘zlashtirish uchun boshqa fanni bilish talab 
qilinmasligi e’tiborga olingan. Ikkinchi fanni o‘zlashtirish uchun, 
albatta, birinchi fanni o‘zlashtirish shartligi nazarda tutilgan. 
Uchinchi fanni o‘zlashtirish esa undan oldingi fanni o‘zlashtirish 
tayangan. Olimning tasnifida birinchi o‘rinni matematikaga bergan. 
Matematikani o‘zlashtirish uchun boshqa fanni o‘zlashtirish talab 
qilinmagan. Ikkinchi o‘rinda fizika turgan. Fizikani egallash uchun 
avval matematikani to‘liq o‘zlashtirish, keyin bu fanga o‘tish zarur 
bo‘lgan. Shu tariqa, uchinchi o‘rinda kimyoga o‘rin berilib, 
kimyogar avval matematikani, keyin fizikani mukammal egallashi, 
so‘ngra kimyoga o‘tishi kerak bo‘lgan. Va keyingi o‘rin 
biologiyaga berilgan bo‘lib, bunda ham yuqoridagi qonuniyatga 
tayanilgan. Xullas, ro‘yxatning oxiridan falsafa o‘rin olgan. 
Demak, haqiqiy faylasuf bo‘lish uchun o‘z davridagi barcha 
fanlarni to‘liq va mukammal o‘zlashtirish talab qilingan. Axir, 
bejiz Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy kabi 
ajdodlarimiz faylasuflar sanalmagan. 
Xo‘sh, filologiya fanlari, xususan, tilshunoslikning fanlar 
tasnifida tutgan o‘rni qanday bo‘lgan degan haqli savol tug‘iladi. 
79


Birinchidan, u zamonlarda tilshunoslik degan alohida fan 
bo‘lmagan va u falsafaning tarkibida bo‘lgan. Demak, ko‘rinadiki, 
tilshunoslikka ham tasnifning oxiridan o‘rin berilgan deyish 
mumkin. Bilasizmi, bu nimadan dalolat beradi? Demak, mantiqan 
yondashadigan bo‘lsak, tilshunoslikni o‘zlashtirish uchun ham 
boshqa barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirish shart ekan-da. Ha, 
shunday. 
Chunki 
tilshunos, 
deylik, 
lug‘at 
tuzish 
bilan 
shug‘ullanyapti. U har bir so‘zning ma’nosini tushungan holda 
izohlamas ekan, bu izohni boshqalarning ham tushunishi mahol. 
Masalan, matematikadagi tangens, sinus, fizikadagi qarshilik kuchi, 
massa, 
tezlik, 
kimyodagi 
oksidlanish, 
laktonoidlar 
kabi 
terminlarning ma’nosini va mohiyatini tushunmasdan turib qanday 
izohlash mumkin? Ko‘rinadiki, bobomiz Abu Rayhon Beruniy 
tasnifi ham qat’iy qonuniyatga, va, obrazli qilib aytganda, achchiq 
haqiqatga asoslangan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling