Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishida fonetik omillar 
Tilning paydo bo‘lishi va so‘zlarning paydo bo‘lishi boshqa-
boshqa hodisa. Bugungi kunda paydo bo‘layotgan, qanday paydo 
bo‘lganligi bizga ma’lum so‘zlar mavjud nazariyalar tilning emas, 
balki so‘zlarning paydo bo‘lishiga daxldor ekanligini ko‘rsatadi. 
Ayrim so‘zlarning taqlid asosida, boshqasining ijtimoiy kelishuv 
asosida paydo bo‘lganligini hech kim inkor qilmasligi ham 
fikrimizni tasdiqlaydi.
Insoniyatning umrini ham inson umriga qiyoslash mumkin. 
Insonda go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik, o‘smirlik, o‘rta yoshlik va 
keksalik bo‘lganligi kabi insoniyat ham shakllanish va undan 
keyingi davrlarga ega. Ma’lumki, bola nutqining psixolingvistik 
xususiyatlarini tadqiq etgan mutaxassislarning aniqlashlaricha, bola 
to‘rt oyligidanoq nutq vazifasini, o‘ta jo‘n bir tarzda bo‘lsa-da, 
bajaridan turli tovushlar chiqara boshlaydi (“u-u-u”, “m-m-u”, “m-
m-a”, “g‘u-u-v” kabi). ...
Bolaning tili chiqayotgan davrda uning “lug‘at boyligi”dagi 
asosiy qismni taqlidiy “so‘z”lar tashkil etadi, bu tabiiy hol, albatta. 
Zotan, bolaning tili boshqalarga taqlid yo‘li bilan chiqadi va sekin-
asta ularning o‘rnini odatdagi so‘zlar egallay boradi. Demak, 
insoniyat tilining ham dastlabgi lug‘ati taqlid so‘zlardir. 
To‘g‘ri, so‘zlarning paydo bo‘lishiga nisbatan mavjud 
nazariyalarning qaysidir bittasiga ustuvorlik berib bo‘lmaydi. 
Lekin ularning birortasini noto‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Zero, 
so‘zlar turli asosda paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, turli milliy 
tillarda so‘zlarning paydo bo‘lishida ularning o‘rni va roli ham 
turlicha. Zero, millatlarning nigohlari ham milliy bo‘lib, ularning 
biri bir narsaning ma’lum bir tomoniga boshqasiga nisbatan 
ko‘proq e’tibor beradi va bu e’tibor natijasi o‘laroq bir hodisa turli 
tillarda turlicha nomlanadi. 
Insonning nutq tovushlarini qayd etish ehtiyoji tilshunoslikning 
fonetika va fonologiya sohalari shakllanishi va rivojiga ta’sir 
ko‘rsatdi. Tilshunoslar dastlab talaffuzdagi nutq tovushlarini 
tekshirib, tahlil qila boshlaganlar. Bu tovushlar sezgi a’zolariga 
ta’sir qilib, avvalo, tovushlarning akustik, undan so‘ng 
83


artikulyatsion jihatlari e’tiborni torta boshlagan. Fan taraqqiy etishi 
bilan nutq tovushlaridagi xususiy va umumiy jihatlar farqlana 
boshlagan.
Qizig‘i shundaki, til sohiblari (mutaxassislardan tashqari) 
tildagi tovushlar haqida hech qanday bilimga ega bo‘lmasalar-da, 
bu ularning nutq tovushlarini talaffuz qilishlari, so‘zlarni aytib fikr 
ifodalashlariga monelik qilmaydi. 
Tilimizdagi so‘zlarga e’tibor bering: quloq, buloq, ulug‘, g‘ulu, 
gul, munchoq, ushbu, turshak va h. So‘zlardagi har bir (u) tovushi 
o‘ziga xos. Ular talaffuzimizda har xil jaranglasa-da, bitta harf 
bilan yozamiz va ilmiy talqinlarda – darslik va qo‘llanmalarda bitta 
[u] haqida so‘z yuritamiz. “Yo‘q” ma’nosini ifodalash uchun 
tilimizni tishimizga keskin tayab, qandaydir churqillashga o‘xshash 
ovoz chiqaramiz. Yoki dunyo bo‘yicha barcha itlar bir xil vovillab, 
mushuklar bir xil miyovlashsa-da, ularni turli til sohiblari turlicha 
aytib, turlicha yozishadi. Bu va bu kabi muammolar bilan 
tilshunoslik, tilshunoslikning tovushlar haqidagi sohasi bo‘yicha 
mutaxassislar shug‘ullanishadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling