Baxtiyor mengliyev


tovushi)ni, fonologiya esa lisoniy invariant (fonema


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

tovushi)ni, fonologiya esa lisoniy invariant (fonema)ni tadqiq 
qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘ldi. Biz “Hozirgi o‘zbek tili” 
kursida tilning lisoniy strukturasini o‘rganishimiz zarurligi tufayli 
tahsil obyektimiz fonema bo‘ladi. 
Fonetika termini grek tilidan tarqalgan bo‘lib, “fonetikos” – 
“tovushga oid” degan ma’noni bildiradi. Fonetika inson nutqi 
tovushlari va tovushlar talaffuziga bog‘liq har xil masalalar bilan 
shug‘ullanadi.
Har bir tilning tovushlar tizimi o‘ziga xos. Ammo xalqlar til 
nazariyalarini bir-birlaridan o‘zlashtiradilar. Ana shunda katta 
muammo va chalkashliklar paydo bo‘ladi. Bu muammo bir til 
qurilishi asosida yaratilgan nazariyalar asosida boshqa til hodisalari 
ham baholana boshlashida namoyon bo‘ladi. Natijada keyingi 
tilning xususiyatlari oldingi tilga xos ilmiy stereotiplar asosida 
tahlil qilinadi va tilning haqiqiy xususiyatlari e’tibordan chetda 
qoladi. Bu holat tillar tadqiqida alohida e’tiborga olinishi kerak 
bo‘lgan “lingvistik kasallik”dir. Fonetika ham bu “kasallik”dan 
xoli emas.
Fonologiyaning o‘rganish obyekti. Fonologiya (gr. phone – 
“tovush”, logos – “ta’limot”) termini tilshunoslikda XIX asr 
85


oxirida nutq tovushlarining fiziologik-akustik (fizik) tomonidan 
funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo 
bo‘ldi. Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funksional 
qonuniyatini o‘rganuvchi soha, semiotik (ishoraviy) sistema 
sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda o‘rganadigan 
fonetikadan farqlanadi.
Fonetikaning 
birligi 
nutq 
tovushi 
bo‘lganligi 
kabi 
fonologiyaning birligi – so‘zlovchilarning ana shu bevosita 
kuzatishda berilgan nutq tovushi asosida yotgan tovush tipi 
haqidagi ijtimoiy tasavvuri. Har bir fonema kishi ongida umumiy 
farqlovchi xususiyati asosida vujudga kelgan maxsus «akustik 
portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi 
belgi tovushning artikulyatsion va akustik belgisi asosida vujudga 
keladi hamda barqarorlashadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling