6-§. Lisoniy ziddiyat va uning turlari
Tayanch tushunchalar
munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat,
pog‘onali
munosabat,
partonimik
munosabat,
giponimik
munosabat, totonim, giperonim
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
ziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat,
binar ziddiyat, ko‘p a’zoli ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ
ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat, muntazam
ziddiyat, darajali ziddiyat
Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha
“qarama-qarshilik”; varianti:
oppozitsiya) tilshunoslikda bir
sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro
u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq,
qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir.
Butun koinot, tabiat, jamiyat va
tafakkurdagi mavjudlik va
taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi
qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas
ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi.
Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa,
ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa,
kishilik jamiyati ham,
hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi bilim
olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va
tafovutlar evazigadir.
Do'stlaringiz bilan baham: