Baxtiyor mengliyev


Muntazam (proporsional) ziddiyat


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Muntazam (proporsional) ziddiyat. Muntazam (proporsional) 
ziddiyatda bir belgi juftlangan turli birliklar uchun ziddiyat 
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “jins” belgisi ota-ona, 
aka-opa, singil-uka, tog‘a-xola lug‘aviy zidlanishlari uchun 
umumiy. Lekin ular bu belgini o‘z-o‘zicha “bo‘lib olishadi”. “jins” 
belgisini [aka] leksemasi “erkak”, [opa] leksemasi “ayol” 
ko‘rinishida xususiylashtiradi. 
Darajali ziddiyat. Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta 
bo‘lib, ziddiyat belgisining o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil 
qiladi. Masalan, tilning ko‘tarilishiga ko‘ra unli fonemalar 
darajalanishi quyidagicha: [a][e][i] yoki [o][o‘][u]. 
Bunda belgi birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va 
keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. 
Masalan, leksikada [ninni] [chaqaloq][go‘dak] – 
[bola]...,[turq][bashara][bet][yuz][chehra]...
morfologiyada harakat nomi – sifatdosh – ravishdosh (“fe’lni 
o‘zgalash darajasiga ko‘ra” belgisi asosida) kabi.
70


А’zolari miqdoriga ko‘ra ziddiyat ikki a’zoli (binar) va ko‘p 
a’zoli ziddiyatga bo‘linadi. Masalan, noto‘liq ziddiyat ikki a’zoli 
(binar), darajali ziddiyat esa ko‘p a’zoli (ternar) ziddiyatdir. 
Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyatlarni to‘g‘ri anglash va idrok 
etish ular mohiyatini aniq tushunish va talqin qilishning asosidir.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
O‘zbek substansial tilshunosligi tamoyillari 
Har bir ilmiy yo‘nalish, maktab o‘ziga xos tamoyillarga ega 
bo‘ladi va shu jihati bilan boshqa yo‘nalishlardan farqlanadi. 
O‘zbek substansial tilshunosligi ham ana shunday o‘ziga xos 
qonuniyat va tamoyillarga ega. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling