Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot


Download 0.72 Mb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#267312
  1   2   3   4
Bog'liq
Morfonologiya


Morfonologiya

Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot

1. Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot.

2. Oʻzak va affiksal morfemalarning fonologik strukturasi.

3. Morfonologik alternatsiyalar.

4. Soʻz turkumlaridagi morfonologik alternatsiyalar

Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot

Morfonologiya (morfofonologiya, fonomorfologiya) tilshunoslikning bir boʻlimi boʻlib, u oʻrtasidagi aloqalarni fonologiya bilan morfologiya oʻrganadi, fonologik zidlanishlarning morfologik tafovutlarni ifodalashdagi qoʻllanishini, bunday qoʻllanishning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, rus tilida voda soʻzi joʻnalish kelishigida vode shakliga kiradi; natijada shu soʻzning bosh va joʻnalish kelishiklaridagi grammatik ma’nolari oʻzgaradi, bunday oʻzgarish bosh kelishikdagi "-a" morfemasining "e" morfemasi bilan, oʻzakdagi qattiq "d" fonemasining esa yumshoq "d" fonemasi bilan alamashinuvi orqali ifodalanadi .

Morfonologiya tilshunoslikning bir boʻlimi sifatida fanga XX asrning 30-yillarida Praga tilshunoslik maktabi vakillari (N. S. Trubetskoy, R. O. Yakobcon va boshqalar) tomonidan olib kirildi, unga I. A. Boduen de Kurtenening fonemalar alternatsiyasi (almashinuvi) haqidagi gʻoyasi asos boʻldi.



N. S. Trubeskoyning fikricha, morfonologiya ta’limoti quyidagi uch nazariyani oʻz ichiga olishi kerak:

1. Morfemalarning fonologik tuzilishi haqidagi nazariyani.

2. Morfemalarning oʻzaro birikishi natijasida ularning fonetik tarkibida yuz berishi mumkin boʻlgan kombinator oʻzgarishlar haqidagi nazariyani.

3. Morfologik funksiya bajaradigan tovush almashinuvi haqidagi nazariyani .

1-bandda qayd etilgan nazariya morfemalarning fonologik tuzilishini, fonemik tarkibini tadqiq etishga asoslanadi. Masalan, oʻzbek tilidagi umumturkiy soʻzlarning oʻzak morfemasi koʻpincha bir yoki ikki boʻgʻinli soʻzga teng boʻladi. Bir boʻgʻinga teng oʻzak morfema boshida ikki undosh qatorlashib kelmaydi, bunday oʻzak koʻproq CV (undosh + unli) va CVC (undosh+unli+undosh) sxemalarida boʻladi

2-bandda qayd etilgan nazariyada bir necha morfemaning bir-biriga birikishi natijasida morfema tarkibidagi fonemalarning turli fonetik pozitsiyaga tushib qolishi, oqibatda, shu fonemani oʻz ichiga olgan morfemaning allomorflari yuzaga kelishi mumkinligi nazarda tutiladi. Qiyos qiling: bizga ("-ga"), terakka ("-ka"), qishloqqa ("-qa"), ulov (ula-v), taroq (tara-q) kabi.





3-bandda qayd etilgan nazariyaga koʻra morfema tarkibidagi fonemalar almashinuvi morfologik funksiyaga ega boʻladi. bu hodisa koʻproq flektiv tillarga, xususan, rus tiliga xosdir. Qiyos qiling: begu (beg-u) va bejish (bej-ish). Bulardagi g-j almashinuvida fe’lning birinchi shaxs, birlikka (beg-u) va ikkinchi shaxs, birlikka (bej-ish) xoslanishi bor. Yana: umeret’ va umorit’ (oʻzak morfema: mer va mor), mogu va mojesh’ (oʻzak morfema: mog va moj) kabi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling